Anchelotti mashg'ulotdagi qo'pol o'yini uchun Riberini tanqid qildi
11 may 2017 10:59
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/252675_original.jpg)
![](/upload/storage/252675_220.jpg)
Anchelotti mashg'ulotdagi qo'pol o'yini uchun Riberini tanqid qildi
"Bavariya" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoaning so'nggi mashg'ulotida yarim himoyachi Frank Riberining harakatlaridan qoniqmadi.
Ikki tomonlama mashg'ulot o'yinida franciyalik futbolchi juda qo'pol o'ynadi: Avvaliga u yarim himoyachi Duglas Kostaga nisbatan qo'pollik ishlatdi, keyin navbat Tomas Myuller va Arturo Vidallarga etib keldi. Anchelotti Riberini yoniga chaqirib, undan agressiv o'yinni kamaytirishni so'radi. Ularning o'rtasida kelishmovchilik kelib chiqdi, ammo unga Myuller aralashib janjalni to'xtatdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar