Anchelotti kelajakda Angliya yoki Italiya terma jamoasini boshqarishi mumkin

Aslanov Jasurbek
24 okt 2016, 11:43
Italiya futbol federatsiyasi rahbariyati kelajakda jamoa bosh murabbiyligi lavozimida "Bavariya" ustozi Karlo Anchelottini ko'rmoqchi.

Bu haqda mutaxassisning o'zi ma'lum qildi.

"Italiyada men milliy jamoani boshqarishimni istashmoqda. Ammo hozir bunga vaqt yo'q. Odatda bir klubda ikki yil qolaman, xuddi "Chelsi"dagidek. PSJda bir yarim yil, "Real"da ikki yil ishladim. "Bavariya"da uzoqroq qolishga roziman, shundan so'ng Angliya yoki Italiya terma jamoalaridan birini tanlayman" - deydi Anchelotti.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail