Anchelotti Fergyusondan keyin MYUni boshqarishi mumkinmidi?!
23 dek 2020 23:20
Yangiliklar
Anchelotti Fergyusondan keyin MYUni boshqarishi mumkinmidi?!
"Everton" bosh murabbiyi Karlo Anchelottining aytishicha, u 2013 yilda Aleks Fergyuson jamoani tark etganidan keyin "Manchester Yunayted"ni qabul qilib olishi mumkin edi.
"Bu haqda mendan nimanidir bilmoqchimisiz? Aytishim mumkinki, ser Aleks bilan hali ham fantastik munosabatdamiz. Biz u ketishga qaror qilganida uchrashgandik.
Ammo "Real" murabbiyligiga tayinlanishga yaqin edim. O'sha paytda Fergyuson menga murojaat qilganini qadrlayman. Hammasi shu, boshqa imkoniyat yo'q edi.
"Manchester Yunayted" – fantastik klub. "CHelsi"da ishlagan davrimda ser Aleks bilan ko'p marta to'qnash kelganmiz. Men MYUni juda qattiq hurmat qilaman. Bu jamoa "Milan", "Real Madrid" singari jahon futbolining tarixiy klubi", – dedi Anchelotti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar