Ana xolos. "Selta" Smolovdan oldin SHomurodov bo'yicha aloqaga chiqqan ekan
05 mar 2020 18:10
Yangiliklar


Ana xolos. "Selta" Smolovdan oldin SHomurodov bo'yicha aloqaga chiqqan ekan
Yakunda SHomurodovning o'rniga Vigoga Smolov yo'l oldi.
Agent Tkachenko Ispaniyaning "Selta" klubiga Fyodor Smolovning transferi bo'lgani bilan bog'liq juda qiziqarli malumotlar bilan o'rtoqlashdi.
Malum bo'lishicha, "Selta" dastlab "Rostov" hujumchisi Eldor SHomurodov bilan shartnoma imzolamoqchi bo'lgan.
"Selta" bizga SHomurodov borasida murojaat bilan chiqdi, ammo biz bu narsa imkonsiz ekanligini aytdik va ularga Smolovni taklif qildik. Hammasi o'xshadi", - deydi Tkachenko.
Eslatib o'tamiz, SHomurodov, Masharipov, Ahmedov va Smolov aynan Tkachenkoning agentligi, yani ProSportsManagement bilan hamkorlik qiladi.
Masharipov ProSportsManagement agentligi bilan shartnoma tuzdi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar