Ana xolos! Angliyada bazi futbolchilar mashg'ulotga qaytishni xohlashmaydi (Daily Mail)
12 may 2020 23:26
Yangiliklar


Ana xolos! Angliyada bazi futbolchilar mashg'ulotga qaytishni xohlashmaydi (Daily Mail)
Avvalroq ingliz jamoalarining 18 maydan mashg'ulotlarga qaytishi xabar qilingandi.
Daily Mail xabariga ko'ra, APLda to'p tepuvchi bazi futbolchilar allaqachon o'z jamoalariga koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq vaziyatdan xavotirda ekanliklari va mashg'ulotlarga qaytishni istamasliklarini aytishgan. Ular o'zlarini xavfsiz his qilishmayapti.
Keyingi 48 soat ichida bir qator top-klublar videokonferenciyalar o'tkazib, o'z o'yinchilarini xavfsizlik protokollari bilan tanishtirishi rejalashtirilgan. Videomuloqot davomida bazi futbolchilar rahbariyatga koronavirus xavfi saqlanib qolgan vaziyatda mashg'ulotlarga qaytmasliklari haqida xabar berishlari kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar