Amerika Kubogi AQSHga ko'chirilishi mumkin
26 may 2021 23:50
Yangiliklar
Amerika Kubogi AQSHga ko'chirilishi mumkin
Amerika Kubogining navbatdagi turniri AQSHda bo'lishi mumkin.
"Inside Sport" xabariga ko'ra, Venesuela, CHili va Ekvador davlatlari ushbu turnirni qabul qilish uchun tayyor turibdi. Biroq tashkilotchilar AQSHning tashkilotchiligiga yuqori baho bermoqda.
Aslida Amerika Kubogi Argentina va Kolumbiyada tashkil qilinishi kerak edi. Ammo ikki davlatda ham koronavirus pandemiyasi avj olib ketganidan keyin barcha turnirlar to'xtatib qo'yildi.
Amerika Kubogi 2021 yilning 11 iyunidan 10 iyuliga qadar davom etishi kerak.
Fikrlar