Alli qishda "Tottenxem"ni tark etishi mumkin
10 jan 2022 19:26
Yangiliklar
Alli qishda "Tottenxem"ni tark etishi mumkin
Londonning "Tottenxem" klubi rahbariyati qishda yarim himoyachi Dele Allidan qutulmoqchi.
Manbaning xabariga ko'ra, agar qulay taklif bo'lsa, "shporlar" angliyalik futbolchini qo'yib yuborishga tayyor.
Allidan voz kechish tashabbuskorlaridan biri jamoa bosh murabbiyi Antonio Konte bo'lib, u ortiq yarim himoyachining xizmatiga muhtoj emas. Alli bilan birga yarim himoyachi Tangi Ndombele va hujumchi Stiven Bergveyn ham jamoani tark etishi mumkin.
Alli joriy mavsumda "shporlar" safida APLda 10 ta o'yin o'tkazib, atigi bitta gol urgan. Angliyalik futbolchi 2015 yilning yozida "Tottenxem"ga o'tgandi. O'shandan beri u klub libosida 269 ta o'yin o'tkazib, 67 ta gol urgan va 61 ta golga assistentlik qilgan.
Fikrlar