Yarim final! "Tottenxem" - "Liverpul" o'yini oldidan
08 jan 12:30
Yangiliklar
Yarim final! "Tottenxem" - "Liverpul" o'yini oldidan
Natija qanday bo'lishini ayta olmaymiz-ku, ammo o'yin tomoshabop bo'lishiga ishonchimiz komil.
Inqirozga uchgaran loyihalar qatorida
"Tottenxem" APLda yaqin 20 yildagi eng yomon mavsumini rasmiylashtirishga tobora yaqin bormoqda. 04/05-yilgi mavsumdan boshlab, londonliklar faqat bir marta o'ninchi o'rindan pastga tushishgan (07/08-yilgi mavsumda 11-pog'ona). Yigirma birinchi asrda faqat ikki martagina shu kabi holat kuzatilgan (03/04-yilgi mavsumda 14-o'rin va 00/01-yilgi mavsumda 12-pog'ona).
Hozir Ange Postekoglu jamoasi 12-o'rinni band etib turibdi. Har qanaqasiga qarasangiz ham o'ta omadsiz mavsum. Qiziq tomoni, "Tottenxem" boshqa omadsizlikka uchragan loyihalar qatorida ketmoqda. Misol uchun "Manchester Yunayted" ulardan ham pastroq o'ringa tushib ketgan. Manchesterliklar muntazam ravishda tarkibni kuchaytirishga etibor berishgan, bu safar yana konkret murabbiy uchun xaridlar amalga oshirilgandi, Erik ten Xag so'ragan qator futbolchilar "qizil iblis"ga aylantirildi, murabbiy esa o'tgan mavsumni faqatgina Angliya Kubogidagi g'alabasi bilan "qutqarib" qoldi. Jamoa hisobida 23 ochko mavjud. "Vest Xem"da ham xuddi shuncha ochko bor. "Bolg'aurarlar" uzoq yillik g'oliblik tarixiga ega bo'lmasada, rahbariyat yangi tarix yozish uchun pul sarflashga tayyor va yangi bosh murabbiy Xulen Lopetegini qo'llash maqsadida transferlarni amalga oshirishdi. Kamida hozircha ishlar qovushmayapti. "Tottenxem"da aynan shunga o'xshash muammolar.
Bu "Tottenxem"ning asosiy paradoksi. Jamoa o'zidan kuchsiz raqibga qarshi juda yomon o'yin ko'rsatmoqda. Dastlabki turdayoq "Lester" bilan bahsda ochko yo'qotildi, keyin "Brayton", "Pelas", "Bornmut" va hatto "Ipsvich"ga imkoniyat boy berildi. "Vulvz" va "Fulxem"ga qarshi duranglar. Principial raqiblar bilan ro'baro kelganda esa "shporlar"ni tanib bo'lmay qolyapti.
Londonliklar Manchesterni taslim etishdi, "Siti" ham, "Yunayted" ham mag'lubiyatga uchratildi. Etiborli jihati ikki bor. Sentyabr oyida Ange jamoasi "qizil iblislar"ga umuman imkoniyat qoldirmagandi. Keyin "shaharliklar" bilan bahslar. Avvaliga kamtargina 2:1, ammo keyingi urinishda – yirik g'alaba (4:0). Dekabr oyi oxirida londonliklar futbol ishqibozlariga bayram uyushtirishdi – MYU bilan o'yinda 2:0ni 4:2ga aylantirishdi. Keyin yana ham chiroyliroq bo'lishi uchun raqibga yana uchinchi golni ham urishga imkon berishdi.
"CHelsi" ham "Tottenxem" bilan o'yinlarni hali unutmagani aniq (2:0 hisobida oldinda bora turib, "Tottenxem" yakunda 3:4 hisobida mag'lub bo'ldi), "Aston Villa" (4:1), "Liverpul" (3:6 – o'yin oxirida hisob 3:5 bo'ldi va "qizillar" biroz asabiylashishiga ham to'g'ri keldi). Kim biladi deysiz, balki Postekoglu shunchaki yaxshi motivatordir, shu sabab jamoa katta o'yinlarga o'zgacha ishtiyoq bilan chiqar.
MYU "Arsenal"ni "nokaut"dan qutqarib qoldi
"Liverpul" – chempionlik poygasining absolyut favoriti. Slot kelgach, "Liverpul" kuchsizlanmagani fakt, qo'shimchasiga raqobatchilarning deyarli barchasi muammolar girdobiga tushib qoldi. "Man Siti" bir yo'la TOP-5dan ham "chiqib" ketdi. TOP-3da faqat "Arsenal" bor – lekin "kanonirlar" ham jarohatlar tufayli qiyinchiliklarga duch kelishmoqda va bu narsa natijalarga tasir ko'rsatmay qolmayapti. Avvaliga Edegor safdan chiqdi, u tiklanib, qaytgach – Saka. Natijada, mersisaydliklar 6 ochkoga (va zaxirada yana bitta o'yin) qochib ketishdi.
20-turda Mikel Arteta shogirdlari "Brayton" bilan o'yinda ochko yo'qotishdi. Jamoaning yagona goliga 17 yoshli Itan Nvaneri mualliflik qildi, vaholanki, qolganlarda ham vaziyatlar bo'lgandi. Brayton-end-Xov jamoasi vaziyatlaridan foydalanmagan raqibini ayab o'tirmadi. Ushbu bahs yakuniga etganidan keyin "Liverpul" "Arsenal"ni butkul "nokaut"ga uchratishi ham mumkin edi. 8 ochko farq va zaxiradagi bitta o'yin (ehtimoliy – 11 ochkolik farq)ni yo'qqa chiqarish deyarli imkonsiz bo'lardi. Biroq ECHL umumiy bosqich etakchisi MYUga qarshi o'yinda ochko yo'qotdi. "Qizil iblislar" kutilmgaanda "Enfild"da munosib o'yin ko'rsatib, durang qayd etishni uddalashdi. Qizig'i, o'yinning malum qismida aynan MYU hisobda oldinda bordi va "Liverpul" quvlovchi rolida qolgandi.
"Liverpul" Klopp bilan amalga oshmagan orzuga etmoqchi
2024 yil yanvarida Klopp mavsum oxirida "Liverpul"dan ketishini elon qildi. Bu ideal palla edi – germaniyalik klubni inqirozdan olib chiqdi va tezda yangi jamoaga shakllantirishga muvaffaq bo'ldi va yangi loyihaga mustahkam poydevor qo'yib berdi. Yakun esa barchasidan chiroyli bo'lishi mumkin edi. Jamoa EL pley-off bosqichiga chiqqan va favorit sifatida qaralayotgandi, Liga kubogi finali yo'llanmasi, Angliya Kubogi favoritlari qatorida etirof va APL etakchisi edi. Afsonaviy murabbiy bilan oxirgi mavsumda kvadrupl – chinakam ertaknamo yakun bo'lardi. Biroq boshlangan ishni oxiriga etkazish nasib qilmadi. Bahorda jamoa omadsizliklarga uchradi va yakunda faqatgina Liga Kubogi qo'lga kiritildi.
Hozir "Liverpul"ning vaziyati o'tgan yildagiga o'xshab ketadi, lekin ishlar yana ham yaxshiroqdek. Etakchilar yanada tajribali bo'lgan va chempionlik poygasi haqida yaxshi bilishadi, raqobatchilarda esa u qadar yaxshi davr emasligi shundoq ko'rinib turibdi. Titulni klub muzeyiga olib ketish uchun yuzaga kelgan ustunlikni qo'ldan chiqarmaslik etarli. Liga kubogida raqobat kuchliroq: "Tottenxem" bilan yarim final va ehtimoliy finalda "Arsenal" – "Nyukasl" juftligi g'olibiga qarshi to'qnashuv. SHunday bo'lsada, aynan "Liverpul" asosiy favorit. Angliya Kubogi haqida ham shunga o'xshagan fikr bildirish mumkin. Asosiysi esa – CHempionlar Ligasi. "Liverpul" dastlabki 6 turda umuman mag'lub bo'lmadi va pley-offdan o'ziga joy ajratib qo'yib ulgurdi. Agar hozirgi sport formasini saqlab qola olsa, jamoa favoritlar qatorida bo'lishi turgan gap.
Londonliklar — autsayder
Oxirgi 20 o'yinni oladigan bo'lsak, katta ustunlik "qizillar" tomonida. 13 g'alaba, "Tottenxem"da esa bor yo'g'i 2 ta. Oxirgi marta londonliklarga o'z stadioni devorlari ham yordam bermadi: tanaffusga jamoalar 3:1 hisobida chiqib ketishgan bo'lsa, undan keyin hisob 5:1 ko'rinishiga etdi. 2018 yildan buyon "shporlar" faqat bir marta zafar quchishgan. SHuning o'zi ko'p narsani anglatadi.
Postekogluga Liga Kubogi kerak – menejerning o'zi ikkinchi mavsumida klubga sovrin yutib berishini aytgandi. SHu o'rinda takidlash lozim, "Tottenxem" boshqa hech bir musobaqada sovrin uchun favoritlar qatorida emas. Biroq "Liverpul" bilan bahsda imkoniyatlar unchalik zo'r deb ham bo'lmaydi. Sababi "qizillar" hozir ajoyib sport formasida. Slot shogirdlari birinchi bahsda bo'shashishiga ishonish qiyin va ular maksimal ravishda natija uchun o'ynashlarini taxmin qilish mumkin.
Fikrlar