So’nggi yangiliklar

20:48Пике "Реал"нинг ҳакамликдан эътирози ҳақида: "Мадридликлар тарихидаги энг зўр гол офсайддан урилган"  4 19:47"Наполи" нега Гарначони харид қила олмагани маълум бўлди  0 19:15"Ризеспор" — "Анқарагучу". Алиқулов асосий таркибда  1 18:58"Сабаҳ" — "Сумқайит". Озарбайжондаги "ўзбек дербиси" учун таркиблар маълум  4 18:23"Ливерпуль" ван Дейкка ўринбосар топди  2 17:58Ўзбекистон аёллар футзал терма жамоаси Тошкентда йиғинга киришди  0 17:23Расман: Дилшод Комилов — "Қизилқум" ўйинчиси  3 17:04Элит ОЧЛ. "Пахтакор" кейинги босқичга чиқиш имконияти қандай?  25 16:58"Манчестер Юнайтед" яна Шоуни йўқотди  6 16:23Тошлоқда "Фарғона вилояти ҳокими кубоги-2025" мусобақаси старт олди  3 16:01"Милан" Феликснинг ўрнига "Барселона" ўйинчиси билан шартнома имзоламоқчи эди  3 15:35"Манчестер Юнайтед" Гарначо ва Майнуни сотишга тайёр  5 15:02Араухонинг товон пули қанчалиги маълум бўлди  0 14:34Дэвиснинг агенти: "Реал" билан музокаралар олиб бордик"  0 14:04Ўзбекистон U-17 Осиё кубогига тайёргарлик доирасида Тошкентда ўқув-машғулот йиғинига киришади ва 8 февралда Туркиядаги турнирга йўл олади  2

Allegrining yangi Yuventusi. Futbolchilar taqdiri nima bo'ladi? Yangiliklar

Allegrining yangi Yuventusi. Futbolchilar taqdiri nima bo'ladi?

Yuventus katta o'zgarishlar arafasida turibdi.

Italiya kubogi va superkubogidagi g'alabaga qaramay, jamoa mavsumni muvaffaqiyatsiz o'tkazdi: chempionlik maqomidan mahrum bo'ldi va so'nggi turdagina CHempionlar ligasiga yo'l oldi. 

Turinliklarga omad kulib boqdi: «Verona» va Ivan Yurich «Napoli»dan ochko olib (1:1), Evropaning asosiy turnirida ishtirok etish huquqini taqdim etishdi. «Keksa Sinora» oxirgi marta bunday holatga tushganini eslay olmaymiz. Ushbu muvaffaqqiyatsizlikdan so'ng jamoada o'zgarishlar bo'lishi aniq edi: Andrea Anelli sport direktori Fabio Paratichi va Andrea Pirloni istefoga chiqardi. Bu hali boshlanishi.

Prezident Mouricio Sarri va Pirloning jamoa bosh murabbiyligiga tayinlanishi xato ekanligini tan oldi. Klubning so'nggi yillardagi eng muvaffaqqiyatli murabbiyi Massimiliano Allegrini olib keldi. U ikki mavsum dam oldi va jonajon klubi uchun tayyorlab qo'ygan rejalari bo'lishi tabiiy. U qaysi futbolchilarni olib qolishi yoki ketkazib yuborishi mumkinligi haqida so'z yuritamiz.

Qulaylik zonasi

Voycex SHensni: jamoning asosiy darvozaboni. U mavsumni tartibsiz o'tkazdi (A seriyada «quruq o'yinlar» soni bo'yicha 14-o'rin), ammo «Yuventus»da unga munosib o'rinbosar yo'q. Albatta, yaqin kelajakda vaziyat o'zgarishi mumkin: Janluiji Donnarumma erkin agent maqomida. SHunga qaramay, SHensni katta ehtimol bilan klubda qoladi.

Mattias de Ligt: Gollandiyalik futbolchi ikki yildan beri Turinda bo'lib turibdi va hanuzgacha yuqori saviyada o'ynamayapti. Ammo Allegri, albatta, undan foydalanadi: Mattiasning salohiyatiga shubha yo'q. «Sarribol» va Pirloning o'yin uslubida o'zini yaxshi ko'rsata olmadi.

Merix Demiral: yosh va umidli himoyachi. Allegrining kelajak jamoasida unga joy topiladi.

Leonardo Bonuchchi: ashaddiy raqib jamoa safiga o'tib, ortga qaytsa hamki Bonuchchinig kerakli futbolchi ekanligiga hech kimda shubha qolmadi . U haqiqiy lider va kurashuvchan futbolchi.

Jorjo Kellini: Yoshi o'tib borayotgan bo'lsa-da, xuddi Bonuchchi kabi kerakli futbolchi. Farqi, u klubiga sadoqatli.

Danilo: Jamoaga kelganida, Kanseluning o'rnini bosa olmayotgandek tuyulgandi, bu mavsumda esa, barchasi o'zgardi. Yuqori saviyada o'yin ko'rsatgan kam sonli futbolchilardan biri aynan Danilo bo'ldi.

Xuan Kuadrado: jamoaning sadoqatli futbolchilaridan biri. Ronaldu kelganida o'z raqamini berishga-da rozi bo'lib, kamtarona 16-raqamni kiyib olgandi. Hujum va himoyada juda faol va kurashuvchan. Allegriga kerakli futbolchi.

Artur: Pyanich bilan «rokirovka» qilingan futbolchi yorqin o'yin ko'rsatmadi. SHuning uchundir, Allegri bosniyalikni ortga qaytarishlarini so'radi. Biroq Artur Pyanich bilan markazda yaxshi tandem hosil qilishi mumkin. Hali yosh va o'sishga moyil futbolchi. 

Adrien Rabo: bu mavsum deyarli barcha asosiy o'yinlarda ishtirok etdi va Turinga moslashib ulgurdi. Yarim himoyada istalgan vazifalarni bajara oladi. U avvalgi darajasiga qayta oldi.

Ueston Makkenni: Amerikalik ushbu mavsumning eng ko'zga ko'ringan futbolchilaridan biri bo'ldi va bunga shubha yo'q. Dallas akademiyasi tarbiyalanuvchisi o'zining mehnatsevarligi, aniq va kuchli zarbasi borligi, pas bera olish qobiliyati bilan barchani ajablantira oldi. Yakunda «Yuventus» uni «SHalke»dan 18.5 million evroga sotib oldi.

Federiko Keza: Keza «Yuventus»ga «Fiorentina»dan olib kelindi. «Portu», «Dinamo Kiev», «Milan», «Inter», «Lacio» va «Napoli»ga  qarshi o'yinlardagi samarali harakatlari jurnalistlar va klub muxlislari tomonidan etirof etildi.  Uning lubda qolishi kerakligi kundek ravshan.

Kulusevski: shveciyalik futbolchi jamoa uchun ko'p narsalar qilishi aniq. Hali yosh va ikkinchi Dibala bo'lishga davogar. 

Paulo Dibala: Paulo Dibala uchun mavsum og'ir o'tdi. Argentinalik ikki marotaba koronavirus bilan kasallandi. U Allegrining o'yin uslubiga mos futbolchi. Massimiliano unga imkoniyat taqdim etadi, albatta. 3-5-2 taktik uslubida, Pauloning kafolatlangan joyi bor.

Alvaro Morata: Massimiliano Allegri ispaniyalik futbolchining «Yuventus»da qolishini allaqachon elon qilgan. 44 ta o'yinda 20 ta gol  va 12 ta golli pas! Moratani yillar davomida tanqid qilishmoqda, ammo unga yaxshi muhit kerak. Allegri markaziy hujumchini juda yaxshi biladi va hali ham uning goleadorligiga shubha yo'q.

Noaniqlik zonasi

Aleks Sandro: Allegri kashf etgan futbolchi, unga kerak bo'lmay qolish ehtimoli yo'q emas. Doimiy va bir xil o'yin uslubi bilan asosiy tarkibga kirish qiyin. 

Janluka Frabotta: Italiyalik Sandro bilan rotaciya qilingan va u ham juda kam o'yin amaliyotiga ega bo'ldi. Unga imkon berilishi kerak.

Xavf zonasi

Karlo Pinsolio: jamoaning 3-darvozaboni. Mavsum davomida 22 daqiqa (!) maydonda harakat qilgan va katta ehtimol bilan yangi jamoada ko'rinish beradi. 

Aaron Remzi: Uelslik bo'shliqlarni to'ldira oladi. Biroq hujumkor yarim himoyachi uchun bu etarli emas.

Krishtianu Ronaldu zonasi

Asosiy savol: Ronalduning kelishi «Yuventus»ni yanada kuchaytirdimi? 

Birinchi mavsumining dastlabki turlarida gol urishga qiynalgan bo'lsa-da, keyinchalik o'zini ko'rsatishni boshladi. ECHL pley-off bosqichlarida jamoani oldinga undadi. Biroq chorak finalda to'xtashga majbur bo'ldi. Keyingi ikki mavsumda esa nimchorak finaldayoq Italiya super klubiga chiqish eshiklari ko'rsatildi. 

Ronaldu klubga kelishidan avval «Keksa Sinora» futbolchilari A Seriyaning eng yaxshi to'purari bo'lishmaganmidi? A seriya chempionligi, Italiya kubogi va superkubogi qo'lga kiritilmaganmidi? Krishtianu Andrea Anelli orzu qilgan CHempionlar ligasini zabt etish uchun taklif qilindi, ammo jamoa o'rtamiyona «Ayaks», «Lion» va «Portu» klublariga mag'lub bo'ldi. 

Portugaliyalik futbolchining transferi sabab jamoaning akciyalari qimmatlashdi. Futbolkalar sotuvidan rekord miqdorda daromad ko'rildi. Ammo bularning o'zi uchungina u transfer qilinmagan edi? 

Massimiliano Allegri bosh murabbiy etib tayinlangach, portugalning klubdan ketishi haqida gap-so'zlar tarqala boshladi. 

O'xshaydigan, aslida o'xshamaydigan variant

Krishtianu Ronaldu 2018 yilgi Rossiya mundialidan so'ng shov-shuvli tarzda «Real»ni tark etgandi. Bir necha kundan so'ng, Evropa chempionati boshlanishidan xabaringiz bor-a? 

Musobaqa yakuniga etgach, boshqa chempionatda paydo bo'lib qolsa, sira ajablanmang.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика