

"Miralem - Yevropaning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri, ammo men unga qo'ng'iroq qilganim haqidagi ma'lumotlarni rad etaman. Bu haqda o'ylamaganman ham. U "Yuventus" futbolchisi emas va boshqa klub bilan shartnomasi bor. Biz tarkibni kuchaytirish uchun bazi o'zgarishlarni amalga oshirishimiz kerak. Rahbariyatdan bizga mos futbolchilarni topishni so'radim" - deydi Allegri.



