Allegri: "Evropa ligasiga tushib ketganimiz - bu erda oson g'alaba qozonamiz degani emas"
24 fev 2023 08:19
Yangiliklar


Allegri: "Evropa ligasiga tushib ketganimiz - bu erda oson g'alaba qozonamiz degani emas"
"O'yinimizdan mamnunman. Bahs oson o'tmadi. Franciyalik muxlislar jamoani qattiq qo'llab-quvvatladilar.
Biz yaxshi o'ynadik va Palluaning chetlatilishi orqali ustunlikdan foydalandik. Biz pas tezligini oshirishimiz lozim.
CHempionlar boshqalardan farq qilishadi, ularga barchasi oson. Di Mariya kabi futbolchilar jamoaning umumiy darajasini oshirishadi. U boshqalar ko'rmayotgan narsani ko'ra oladi. Turli toifadagi futbolchilar bor va u ham chempionlar toifasiga kiradi.
Ushbu mavsumni ijobiy deya olaman. Biz Pogba, Di Mariya, Vlaxovich, Bonuchchi va Kuadradosiz o'ynadik. Biroq, bir qator yosh futbolchilar o'zlarini ko'rsata olishdi. Aks holda bunday imkon ularda bo'lmasdi. Endi barcha qaytmoqda.
CHempionlar ligasidan Evropa ligasiga tushib ketganimiz - bu erda oson g'alaba qozona olamiz degani emas. Ushbu musobaqada hurmat bilan yondoshishimiz kerak. Maqsadimiz - bu erda ham oxirigacha borish, huddi Italiya kubogidagidek", - dedi Allegri.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar