Alisson jarohat sabab nomalum muddatga safdan chiqdi
05 okt 2020 12:00
Yangiliklar


Alisson jarohat sabab nomalum muddatga safdan chiqdi
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoaning asosiy davozaboni Alissonning jarohati haqida gapirdi.
Kloppning so'zlariga ko'ra, darvozabonning tiklanish muddati qancha vaqtni olishi hali malum emas.
"Kecha mashg'ulotda bir voqea ro'y berdi - ikki futbolchi bir-biriga urilib ketdi, biri turdi, ikkinchisi - yo'q. Alisson Beker turmagani edi. Ayni damda biz uning aniq qachon safga qaytishini bilmaymiz.
Bu tez orada bo'lishiga umid qilamiz. Men uning Braziliya terma jamoasining yaqin o'yinlarida ishtirok etmasligiga deyarli aminman", - deydi Klopp.
Alisson JCH-2022 saralash o'yinlari doirasida Braziliyaga Boliviya va Peruga qarshi o'yinlarda yordam bera olmaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar