Alisson APLning 10 yillik rekordini yangiladi
22 apr 2019 13:54
Yangiliklar


Alisson APLning 10 yillik rekordini yangiladi
"Liverpul" posboni Alisson Beker "Kardiff Siti"ga qarshi APLning 35-tur uchrashuvida (2:0) darvozasini "quruq" saqlashga muvaffaq bo'ldi.
Bu braziliyalik uchun joriy mavsum Angliya chempionatidagi 19-"quruq" bahs bo'ldi. SHunday qilib, Alisson so'nggi 10 yil ichida Premer-liganing 19ta o'yinida darvozasidan gol o'tkazmagan birinchi posbon bo'ldi.
So'nggi marta 2008-2009 mavsumda Edvin van der Sar 19ta va undan ko'proq o'yinda darvozasini "quruq" saqlashga muvaffaq bo'lgan edi.
Alisson 2018 yilning yozida "Roma"dan "Liverpul"ga o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar