Alisher Ziyovuddinov: Terma jamoada o'ynashni orzu qilaman
02 dek 2014 16:00
Yangiliklar
Alisher Ziyovuddinov: Terma jamoada o'ynashni orzu qilaman
2014 yilgi mavsum poyoniga etganiga hali ko'p bo'lmadi. Ammo muxlislar hozirdanoq katta futbolni sog'inishdi desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz.
Ularni tabiiyki jamoalardagi yangiliklar, tarkiblardagi o'zgarishlar, futbolchilarning tatilni qanday o'tkazishayotganligi qiziqtirmoqda. SHularni inobatga olgan holda biz “Metallurg” jamoasida 2014 yilgi mavsumda asosiy tarkibidan muqim o'rin egallagan Alisher Ziyovuddinov bilan bog'landik.
- Alisher, tatil qanday o'tyapti? Futbolni sog'inmadingizmi?
- Rosti dam olishdan zerikdim. Mahallada bolalar bilan bo'sh vaqtimizda to'p tepib turibmiz. Tezroq yig'inlarning boshlanishini, o'rtoqlarim bilan diydorlashishni istayapman.
- Tatilda hech kim bilan ko'rishmadinglarmi?
- Nega endi, o'rtoqlar bilan ko'rishib turibmiz. Jamoamizda ikki o'yinchimiz uylandi. Sunnatilla va SHohnazarning to'yi bahonasida jamoadoshlar bilan uchrashdik. Biroq bahona sabab ko'rishish boshqa-yu, yig'inlarda birga bo'lish boshqada. Ko'pi ketib ozi qoldi. Nasib qilsa, 15 dekabrdan CHirchiqda to'planamiz. Tibbiy ko'rikdan o'tgach, keyingi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yuboramiz.
- Yangi mavsumda jamoalar soni 16 taga oshirilayotganligi haqidagi yangilikni eshitgandirsan, qanday qabul qildingiz?
- Jamoalar soni oshayotganligidan faqat xursand bo'lish kerak. O'yin amaliyoti ko'payadi. Futbolchi qanchalik ko'proq ish bilan mashg'ul bo'lsa, mahorati shuncha oshadi. Nafaqat chempionat, balki mamlakat kubogi bahslari uchrashuvlar soni oshadi. Yangi raqiblar bilan kuch sinashish esa futbolchiga zavq bag'ishlaydi. O'z navbatida muxlislarni ham bu yangilik xursand etmasdan qolmadi, deb o'ylayman.
- “Andijon” va “So'g'diyona”ga oliy ligada qolish imkoniyati berilayotganligi to'g'ri deb o'ylaysizmi yoki ko'pchilik gapirayotganidek birinchi liganing 3-4- jamoalari bilan o'tish o'yinlari o'tkazilganligi maqul bo'larmidi?
- Sport tamoyillaridan kelib chiqqan holda o'tish uchrashuvlari o'tkazilishi kerak edi, albatta. Ammo birinchi ligada o'tgan mavsum 3-4-pog'onalarni egallagan jamoalarning “So'g'diyona” va “Andijon”ga bas kela olishiga unchalik ishonmayman. Har holda oliy liga havosini olgan, katta tajribaga ega bo'lgan jamoalar shunday raqobat tashkil etilganida ham g'alaba qozonishardi.
- Endi ortda qolgan mavsum haqida gaplashsak. 2014 yilgi mavsumdan qoniqish hosil qildingizmi?
- Jamoamizning egallagan o'rnidan to'la qoniqdim deb ayta olmayman. Bundanda yaxshiroq natijalarga haqli edik. Bir qator yutishimiz kerak bo'lgan uchrashuvlarda kerakli natijalarni qayd eta olmadik. Buning albatta obektiv va subektiv sabablari bor. Birinchi navbatda barcha sport turlaridagi singari futbolda ham omad kerak. Butun o'yin davomida tashabbus biz tomonda bo'lib, yutqazib qo'ygan, durangga erishgan uchrashuvlarimiz bo'ldi. Andijonda, Navoiy, Zominda maydon egalariga nisbatan biz ko'proq g'alabaga yaqin o'yin namoyish etgandik. Yoki o'z maydonimizda “Paxtakor”ga qarshi o'tgan o'yinni olaylik, o'n kishi bo'lib ham chempion jamoaga qarshi uchrashuvda hisobni tenglashtira olgandik. CHarchab qolganligimiz, uchrashuv oxirida biroz bo'shashganligimiz tufayli yutqazib qo'ydik. Aksincha, raqib ustunlik qilgan bazi o'yinlarda esa biz matonat ko'rsatgan holatlar ham bo'ldi. Qarshida “Nasaf” bilan o'yin bunga misol bo'la oladi.
- Bevosita o'zingizning o'yinlaringiz xususida…
- Nima ham derdim, mening o'yinimga murabbiylarimiz, muxlislar baho berishadi. O'z o'yinim haqida gapirishim qiyin. Lekin shu narsani aytishim kerak, bu yil murabbiylarimiz menga ko'proq ishonch bildirishdi. Asosiy tarkib o'yinchilaridan biriga aylanganimdan xursandman. Gollar kiritdim. CHiroyli kombinaciyalar ishtirok etdim. G'alaba shukuhini, mag'lubiyat alamini jamoadoshlarim bilan birgalikda baham ko'rdim. Futbolchi uchun doimiy ravishda o'yin amaliyotiga ega bo'lish, muxlislarga quvonch ulashish, el nazariga tushishdan ortiq baxt bo'lmasa kerak.
- Malumotlarga nazar tashlaydigan bo'lsak, sizning faoliyatingizda yaqqol o'sishni ko'ramiz: 2013 yilgi mavsumda 6 o'yinda, jami 214 daqiqa o'ynagansiz, xolos. XXIIImilliy chempionatda esa 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2146 daqiqa to'p surgansiz. Raqiblar darvozasiga 4 ta gol kiritib, hakamlardan 2 marta ogohlantirish olgansiz...
- Yana takror aytaman, murabbiylarimizning menga ko'proq etibor qaratishayotganligidan xursandman. Bir yil ichidagi tafovutni ko'rib o'zim ham rosti g'ururlanib ketdim. Bu albatta ustozlarning berayotgan o'gitlariga rioya etayotganligimizning samarasi deb o'ylayman. Rustam Mirsodiqov, Mikola SHevchenko, Abduqahhor Marufaliev, Fevzi Davletovlarning ko'rsatmalariga binoan mavsumga puxta hozirlik ko'rgandik. Jismoniy tayyorgarligim ularga maqul kelgan bo'lsa kerak, tayanch yarim himoyasida menga ko'proq ishonch bildirishdi. Murabbiylar va muxlislar ishonchini oqlaganligimdan xursandman, biroq hali o'z ustimda yanada ko'proq mehnat qilishim, tinimsiz ishlashim va izlanishi kerakligini yaxshi bilaman.
- Buni bilish yaxshi albatta, tanqidlarga munosabatingiz qanaqa?
- Ijobiy natijadan keyin murabbiylarimiz o'yinga ortiqcha izoh berib o'tirishmaydi. Agar o'yinimiz chiqmasa, qovushmasa, tanqib qilishadi. Kamchiliklarimiz, nuqsonlarimizni yuzimizga aytishadi. Tanqidlarni to'g'ri qabul qilaman. Nafaqat murabbiylarning, balki muxlislar, yaqin tanish-bilishlarimning ham etirozlariga quloq tutaman. Jamoada ayniqsa Abduqahhor aka menga ko'proq tanbeh berib turadilar. CHunki o'yindan keyin ko'pincha u kishi bilan birgalikda uyga qaytamiz. Yo'l davomida o'yinni tahlil etib boradilar. Qaerda xatoga yo'l qo'yganligimni, keyingi safar shunday holatlarda qanday o'ynashim lozimligini uqtirib ketadilar. Buning uchun albatta u kishidan mamnunman.
- Siz o'ynaydigan chiziqda bu yil kimlar asosiy raqobitchi bo'lishdi?
- Tayanch yarim himoyasida o'ynaydigan futbolchilar jamoamizda anchagina. Mendan tashqari Sunnatilla Mamadaliev, Doniyor Odilov, Dilmurod Karimov, Mirg'iyos Sulaymonovlar maydon markazida harakat qilishadi. Biroq bu yil murabbiylar vaziyat taqozosidan Doniyorni ko'proq markaziy himoyada ham o'ynatishga majbur bo'lishdi. Mavsum oxiriga kelib Mirg'iyos o'ng qanot himoyasida maydonga tushdi. Xullas, asosiy og'irlik markazda Mamadaliev, Karimov va mening zimmamda bo'ldi. Dilmurod ko'proq raqib o'yinini buzish bilan mashg'ul bo'ldi. Sunnatilladan esa murabbiylar hujumchilar ortidagi tayanch himoyachisi sifatida foydalanishdi. Men jamoa hujumini tuzish, zarurat bo'lgan holatlarda esa raqib hujumini buzish bilan mashg'ul bo'ldim.
- Sizga ko'proq hujumni tashkillashtirish yoqadimi, yoki raqib hujumini to'xtatish?
- Futbolda har ikkalasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Faqat hujum uyushtirish bilan o'yinni o'tkaza olmaganimizdek, faqat himoyaga yotib olishimiz ham mumkin emas. Biroq muxlislarga xush kayfiyat ulashuvchi chiroyli hujumlarni tashkil etish, gol zavqini tuyishga nima etsin.
- Bu yil to'rtta gol kiritganingizda o'zingizni qanday his etdingiz?
- Osmonda uchib yurdim desam, ishonmassiz. Hujumchilarga shuning uchun ham havas qilaman. Gollarim soni bundanda ko'proq bo'lishi ham mumkin edi. Bir qator qulay vaziyatlardan foydalana olmadim. Ular hamon ko'z oldimda gavdalanadi. Bir bora penaltini amalga oshira olmay, jamoadoshlarimga pand berganim uchun o'zimni koyiyman. Ammo futbolchi natijani tezda unutishi, keyingi o'yinga yangi kuch, yangi g'ayrat bilan tushishi lozim.
- Biroz orqaroqqa qaytib, “Metallurg”ga ilk qabul qilingan paytingizga nazar tashlasak. Siz jamoa o'yiniga tez qovushib ketgandingiz, ammo orada ikki yil nimagadir sizni tarkibda ko'p ko'rmadik. Bu yil yana asosiy o'yinchilardan biriga aylandingiz...
- Meni “Metallurg”ga Aleksandr Mochinov 2010 yil oxirida tavsiya etgandi. Oliy ligadagi birinchi mavsumim – yigirmanchi milliy chempionat menga bir qator quvonchli daqiqalarni taqdim etgandi. Nima desam ekan, ilk muvaffaqiyatlarimdan boshim aylanib qoldi shekilli, o'z ustimda ishlashni tashlab qo'ydim. Natijada keyingi ikki mavsum “bo'sh” o'tdi. Buning uchun albatta o'zim aybdorman. O'sha mavsumlarni eslagim kelmaydi. Biroq undan ko'z yumib ham bo'lmaydi. Birinchi navbatda Rustam akaga katta rahmat, menga qayta ishonch bildirganliklari, nojoyiz yo'ldan qaytarganliklari va o'yin amaliyotini berganliklari uchun. Aynan shu ishonchni suiistemol qilmaslik uchun ham tinimsiz mehnat qildim, o'z ustimda ishladim. Qolaversa futbolchi bo'lishimdan oldimga qo'ygan maqsadlarim, orzularim bor edi. SHularga erishishim uchun ham tinimsiz izlanishim kerak edi. Xudoga shukur, yana o'yinimni topib oldim. Jamoada o'rnimga, o'yinimga ega bo'layotganligimdan boshim osmonda. Oilada onam, yaqinlarim muvaffaqiyatlarimdan xursand. Nasib bo'lsa, barcha niyatlarimga erishaman deb, umid qilaman.
- Sir bo'lmasa, qanday orzu, umidlar bilan yashayapsiz...
- Eng katta orzuim, bu terma jamoa tarkibida maydonga tushish, xalqaro maydonlarda mamlakatimiz sharafini himoya etish, nufuzli musobaqalarda qatnashish.
- Siz o'ynayotgan chiziqda raqobat eng kuchli ekanligidan cho'chimaysizmi: Odil Ahmedov, Server Jeparov, Timur Kopadze, Jamshid Iskandarov, Javlon Ibrohimov...
- Bu ro'yxatni uzoq davom ettirish mumkin. Markaziy himoyada bizda istedodlar azaldan ko'p bo'lgan va hozir ham oz emas. Ammo chumchuqdan qo'rqqan tariq ekmaydi, degan naql bor xalqimizda. Terma jamoada o'ynash istagim mening yanada irodali bo'lishimni, yanada ko'proq mehnat qilishimni talab etadi. Qiyinchiliklardan qo'rqmayman, ishlashdan charchamayman. Terma jamoa murabbiylari nazariga tushish uchun bor kuchim, mahoratimni ishga solaman.
- Yangi yilning dastlabki oyidan etiboran milliy terma jamoamiz Osiyo kubogining final raundida qatnashadi. Siz undan nimalarni kutayapsiz?
- Ijobiy natijani. So'nggi o'yinlarini milliy terma jamoamiz yaxshi o'tkazib, muxlislar umidini tikladi. Nasib bo'lsa, yashil qita maydonlarida O'zbekiston terma jamoasi hujumkor o'yinlari bilan ishqibozlar ishonchini oqlaydi.
- “Metallurg” jamoasidan bu yil bir qator o'yinchilar terma jamoalar yig'inlariga chaqirilgandi...
- To'g'ri aytdingiz, SHahzodbek Nurmatov milliy terma jamoamizga, SHohnazar Norbekov esa yoshlar terma ajmoamizga jalb etildi. Ulardan tashqari Sunnatilla Mamadaliev, Hikmat Hoshimov singari o'yinchilarimiz ham selekcionerlar etibor berishiga arziydigan mavsumni o'tkazishdi deb o'ylayman. Lof demang-u, Hikmat Hoshimov hozirgi yoshida ham oliy liga liberolari orasida yaqqol ajralib turdi. Juda ham ishonchli himoyachi. Bu albatta mening fikrim. Ammo tarkibni yoshartirish, yoshlarga yo'l berish kerakligini ham tushunaman. Ehtimol muxlislar mening fikrimga qo'shilar.
- Bevosita Alisher Ziyovuddinovning futbolga kirib kelgan yillarini ham yodga olsak...
- Qarshiligim yo'q. Yangiyo'ldanman. O'n yoshimdan “Gulbahor” shaharchasidagi BO'SMga qatnay boshlaganman. Qishloq sharoiti bo'lganligi bois tengqurlarimga qaraganda futbolga biroz kechikib kirganman. Birinchi murabbiyim Andrey Snetkov. To'qqizinchi sinfgacha shu dargohda charm to'p sirlarini o'rgandim. Undan keyin tumanimizdagi axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejida tahsil oldim. 2009 yili Snetkovning tavsiyasiga binoan meni “Oqtepa” jamoasiga qabul qilishgan. Ikki mavsumni Aleksandr Mochinov qo'l ostida o'tkazganman va u kishining tavsiyasiga ko'ra 2011 yildan “Metallurg” jamoasiga o'tganman. Bekobodliklar safidagi faoliyatim haqida esa suhbatimiz boshidan gaplashib turibmiz.
- Eng kuyinchak muxlislaringiz kimlar?
- Oilada onam uch farzandni yolg'iz katta qildilar. Opalarim turmushga chiqib ketishgan. Har gal o'yindan qaytishimni onam intizorlik bilan kutib o'tiradilar. Eng kuyinchak muxlisim onaizorim albatta. Mening qanday natijaga erishishim emas, birinchi navbatda sog'-omon bo'lishim, jarohat olmasligimni istaydilar ular. Keyin Elnur ismli jiyanim bor. har gal o'yinimizdan keyin birinchilardan bo'lib telefon qiladi. Qanday o'ynaganimizni, natijani so'raydi. Yaqin tanishlarim, og'aynilarim, qo'ni-qo'shnilar, xullas muxlislarim bor...
- Jamoadagi muhit to'g'risida...
- Bizda hammasi risoladagidek desam adashmayman. Futbolchilarning bir birlariga munosabatlari juda ko'ngildagidek. Tajribali o'yinchilarimiz ko'magida yoshlar o'z o'rinlarini topib ketishmoqda. Jamoada mo'tadil muhitning saqlanib turishida ham ularning o'rni beqiyos. Hikmat Hoshimov, SHuhrat Yo'ldoshev, Saidkomil Akbarov singari tajribali futbolchilar biz yoshlarning xatolarimizni aytib turishadi. Maydonda shaxsiy namuna ko'rsatishadi. Tajribali futbolchilar mahorati va yoshlar g'ayrat shijoati jamoamizda uyg'unlashgan. Oxirgi ikki mavsumda bir qator uchrashuvlarda muxlislarga manzur bo'luvchi o'yinni namoyish etdik deb o'ylayman. Grand jamoalar ham Bekobodga o'ylab keladigan bo'ldi. Bu albatta “Metallurg”ning kuchi va imkoniyatlaridan dalolat beradi.
- Yangi mavsum arafasida turibmiz, rejalar qanday...
- “Metallurg” yig'inni 15 dekabrdan boshlaydi. Niyatlarimiz albatta katta. Keyingi yili klubimiz tashkil etilganiga 70 yil to'ladi. Bunday sanani yuksak natijalar bilan qarshi olishni xohlaymiz. Bevosita o'zimga to'xtaladigan bo'lsam, o'yinimni yanada kuchaytirish yo'lida izlanishlardan to'xtamayman. Maqsadim chiroyli o'yinim bilan ishqibozlar etiborini, mehrini qozonish. Ustozlar o'gitiga amal qilish, etuk futbolchilardan biriga aylanish, xalqaro maydonlarda to'p surish...
- Barcha ezgu niyatlaringiz ijobatga aylanishini istab qolamiz. Tezroq yashil maydonlarda ko'rishish nasib etsin.
- Aytganingiz kelsin, rahmat.
Tezroq mavsum boshlanishini kutayapman

2014 yil sarhisobi

Terma jamoada o'ynash orzusi

Futbolga biroz kechikib kirib kelganman

Fikrlar