So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  2 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  3 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  4 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

Alisher SHog'ulomov: "To'g'risini aytsam, mavsum boshida Superliga yo'llanmasini maqsad qilgan edik..." Yangiliklar

Alisher SHog'ulomov: "To'g'risini aytsam, mavsum boshida Superliga yo'llanmasini maqsad qilgan edik..."

PRO-Liga 17-turidan o'rin olgan "Istiqlol" - "Oq-tepa" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Alisher SHog'ulomov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Alisher aka, bugungi uchrashuv haqida fikrlaringiz...
- Ko'rib turganinglardek zo'r o'yin bo'ldi. Maydon sifati juda ajoyib, bunaqa stadionda faqat futbol o'ynash kerak. O'yinni o'zlaring ko'rdinglar, juda qiziqarli uchrashuv o'tkazdik. Bizda 10 taga yaqin qulay imkoniyat bo'ldi. Afsuski bu imkoniyatlardan to'liq foydalana olmadik. Ayniqsa bugun yoshlarimizda, Diyorda, Talgatda 3-4 ta qulay vaziyat yuzaga keldi. Bu vaziyatlarda yosh o'yinchilarning darajasi etishmadi. Lekin o'yindagi ustunlik yaqqol biz tomonda bo'ldi. Xursand qiladigan tomoni, jamoamiz futbol o'ynamoqda. Biz talab qilgan uslubni ular mana endiga kelib amalga oshirishmoqda.

- "Istiqlol"-"Oq-tepa" uchrashuvi doim qiziqarli kechgan. Jamoangiz boshqa raqiblar bilan shu tarzda o'ynaydimi?

- Biz har bir jamoaga qarshi yuz foiz tayyorgarlik ko'rgan xolda yutish uchun maydonga chiqamiz. Lekin aytib o'tanimdek, yosh futbolchilarga tajriba etishmayapti. Asosan jamoani keyingi mavsumga tayyorlamoqdamiz. Bizda endigina akademiyadan chiqqan 16-17 yoshli futbolchilar o'ynamoqda. Bugun ham asosiy tarkibda 4 ta yosh futbolchi maydonga tushdi. Bu bizning yutug'imiz deb o'ylayman. Bu yilgi maqsadimiz PRO-Ligada qolish. Keyingi yili ham yaxshi futbolchilarni jalb etganmiz.

- Alisher aka, to'g'ri takidladingiz, chindan ham bu yilgi mavsumda "Oq-tepa" tarkibida yosh futbolchilar harakat qilmoqda. Jamoa joriy mavsumda bir qator yangi nomlarni kashf etdi. Jamoangiz tarkibidagi qaysi futbolchilarni turli yoshdagi terma jamoalarimizga tavsiya etgan bo'lardingiz?

- O'zbekiston (U-16) terma jamoasi yig'iniga 3 nafar futbolchimiz jalb etilgan. SHulardan biri, Javohir asosiy tarkibimizda o'ynab kelar edi. Bugun u shu sabali "Istiqlol"ga qarshi o'yinni o'tkazib yubordi. Men terma jamoalarimizga hamma o'yinchilarimizni tavsiya etaveraman, lekin terma jamoa murabbiylari mos futbolchilarni o'zlari yaxshiroq ko'ra olishadi. Diyor bilan Talgat o'zi birinchi yili katta futbolda o'ynamoqda. Ularni keyingi yilga U-21, U-23 terma jamoalariga tavsiya qilamiz.

- Joriy mavsumda "Oq-tepa" jamoasi oldidagi vazifa qay darajada uddalandi deb o'ylaysiz?

- To'g'risini aytsam, mavsum boshida Superliga yo'llanmasini maqsad qilgan edik, ayrim sabablarga ko'ra bu vazifa amalga oshmay qoldi. Pandemiya bitta bizga emas, ko'plab jamoalarga tasir qildi.Biz tarkibga jalb etish borasida kelishgan futbolchilar bilan moliyaviy imkoniyatlarga ko'ra biz ko'tara olmaydigan xolatga kelib qoldik.SHu sababdan 6 nafar futbolchimizni Superligaga ijaraga berganmiz. Bilganinglardek, Ibragim Tomiva, Maksimilyan Fomin, Saveliy Abramov kabi futbolchilar o'z o'yinlarini namoyish etmoqdalar. SHundan kelib chiqqan xolda biz jamoani keyingi mavsumga munosib tayyorlashni lozim topdik. Terma jamoalarimizga qancha ko'p futbolchilarimiz jalb etilsa, biz bundan faqat xursand bo'lamiz.

- Agar imkoniyat tug'ilsa, "Istiqlol"dan qaysi futbolchilarni jamoangizga taklif etgan bo'lardingiz?

- To'g'risini aytam, "Istiqlol" tarkibida biz o'ylagan, jamoamiz tarkibiga qo'shib olishni istagan futbolchi bo'lmasa kerak. Bilmadim, agar shunday imkoniyat tug'ilsa Riza Ayvazovni tarkibimizga jalb etgan bo'lardik.



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика