Alisher SHog'ulomov: "Hamma o'yinda yaxshi o'ynayapmiz, lekin natija bo'lmayapti. Demak, nimadirni almashtirish kerak"
08 may 2021 12:00
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/635761_original.jpg)
![](/upload/storage/635761_220.jpg)
Alisher SHog'ulomov: "Hamma o'yinda yaxshi o'ynayapmiz, lekin natija bo'lmayapti. Demak, nimadirni almashtirish kerak"
"Xorazm" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. O'yin yaxshi bo'ldi, o'zimiz yaratgan vaziyatlardan foydalana olmadik, birinchi taymning o'zida uchta birga-bir vaziyat bo'lgandi. O'yin nazorati bizda bo'ldi, jamoa yaxshi o'ynadi, bilmadim...hamma o'yinda yaxshi o'ynayapmiz, lekin natija bo'lmayapti. Demak, nimadirni noto'g'ri qilayapmiz, nimadirni almashtirish kerak.
Tajribali Sunnatilla Mamadalievning yoshi ancha katta. Bugun tarkibimizda 16-17 yoshli futbolchilar o'ynashdi. Maqsadimiz mana shu yoshlarni o'stirish va terma jamoalarga o'yinchi etkazib berish.
Ikkita legioner hujumchimiz 2-turda jarohat olgandi. To'rtta o'yindan buyon ular bizga yordam bera olishmayapti. Tarkibimizda bor o'yinchilar xizmatidan foydalanayapmiz.
Men futbolchilikka qaytmayman (kuladi). Futbolchi bo'lganidan keyin yaxshi o'ynashi va yaxshi jamoada o'ynashi kerak", - deydi Alisher SHog'ulomov.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar