So’nggi yangiliklar

00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  6 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  1 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  1 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  2 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  5 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  0 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  6 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  9 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0

Alisher SHog'ulomov: "Argentinadan futbolchi taklif qildik" Yangiliklar

Alisher SHog'ulomov: "Argentinadan futbolchi taklif qildik"

O'zbekiston kubogi nimchorak finalidan o'rin olgan "Oq-tepa" - "Navbahor"(0:2) uchrashuvidan so'ng mezbon jamoa rahbari Alisher SHog'ulomov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Ko'rdinglar ajoyib muhit ostida o'yin bo'lib o'tdi. Ko'p yosh futbolchilarimizni sinovdan o'tkazib oldik. O'zlaridan yomon taassurot qoldirmadi. O'zimizning o'yinimizni ko'rsatishga harakat qildik, bir qator vaziyatlardan foydalana olmadik. Baribir "Navbahor" mahorat bobida ustun ekanligi ko'rinib turdi. Tarkibida Aziz Turg'unboev, Igor Golban kabi futbolchilari bor.  Raqibni g'alaba bilan tabriklaymiz.

Bilasiz jamoamizga katta futbolchilarni taklif qilmaganmiz. Bor futbolchilar ham mavsumni o'tkazdik. Futbolchilar orasidagi farq sezildi baribir. Uslubimiz paslar bilan o'ynash, himoyadan hujumga paslar bilan chiqish. Ispaniyalik murabbiy kelmasidan avval ham shu futbolni o'ynayotgandik. U ham hissasini qo'shmoqda. Keyingi yil jamoani to'liq yoshartiramiz. Bir nechta futbolchilarni jalb qildik. Argentinadan futbolchi taklif qilganmiz. Uning masalasi 60 foiz hal bo'lgan. 

Bu yilgi Pro liga bahslari juda qiziqarli o'tdi. "Neftchi" - "Turon" o'yinidagi vaziyatga munosabatim shunday, u erda muxlislarning aybi bo'lmadi. Fikrimcha "Neftchi"ning yoshi katta futbolchilarining aybi bilan bo'ldi. Mansur Saidov, Dilyorbek Ermatovlar nazorat qilishi kerak edi. Yoshlar qiziqqon baribir. Hissiyot, jahl bo'lgan taqdirda yoshi kattalar qaerga qarayotgandi? O'yinchilarni tinchlantirib kiyinish xonasiga olib kirishi kerak edi. Ushbu vaziyatda yoshlarni tinchlantirish maqsadga muvofiq bo'lardi. Farg'onadagi muhitda futbol o'ynash har bir futbolchining orzusi hisoblanadi. "Turon"ni Superligaga yo'llanma olgani bilan tabriklayman",- deydi Alisher SHog'ulomov.




Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика