So’nggi yangiliklar

11:20Ислом Исмоилов Канада билан ўйиндан сўнг: "Пенальтилар серияси доим режамизда бўлади"  0 10:45Саудия клублари Ҳарри Магуайрга қанча маош таклиф қилгани маълум  1 10:09Вильям Салиба қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 09:30Here we go! Онана "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда  13 08:58"Ал Аҳли" Франция U-21 аъзосини 25 миллион еврога сотиб олди  2 08:17Роналду Мессидан ўтиб кетди  14 07:50ЖЧ-2026 саралаши. Португалия Арманистон устидан 5:0 ҳисобида ғалаба қозонди, Англия Андоррани енгди, Сербия эса Латвиядан устун келди  5 07:35Дембеленинг жароҳати жиддий бўлиб чиқди. Унинг қанча муддатга сафдан чиққани эълон қилинди  5 23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  15 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  0 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  4 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  79 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  4 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  5 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  3

Alisher Nikimbaev "Neftchi" - "Turon" uchrashuvidan keyingi vaziyat bo'yicha fikr bildirdi Yangiliklar

Alisher Nikimbaev "Neftchi" - "Turon" uchrashuvidan keyingi vaziyat bo'yicha fikr bildirdi

Taniqli futbol mutaxassisi o'z sahifasi orqali yuzaga kelgan tartibsizlik bo'yicha izoh berdi.

"Menga ikki kundan beri Farg'onadan videolavhalar yuborib, vaziyat bo'yicha izoh berishimni so'rashmoqda. Aslida hamma narsa aniq bo'lsa, nimani izohlash kerak? "Neftchi" futbolchilari va muxlislari futbolning barcha qonunlarini va hattoki Jinoyat kodeksining ayrim moddalarini buzishdi. Aybdorlar jazolanishi kerak. Hakam xatoga yo'l qo'ydimi yoki yo'q, muhim emas.

Boshqa tomondan, "Neftchi" bilan birgalikda PFL va uchrashuvda ishtirok etgan uning barcha xodimlari sodir bo'lgan voqealar uchun javobgarlikni o'z zimmalariga olishlari lozim. Yodingizda bo'lsa, ushbu o'yin yuqori saviyada tashkil etilishini taminlash maqsadida ikki kun ortga surilgandi. Biz ana shu saviyani ko'rdik. PFLda turli sohalarda ko'plab mutaxassislar bor, faqat bittasidan tashqari - musobaqalarni tashkil qilish (men yana uchta yoki to'rtta sohani sanagan bo'lardim, lekin hozir biz bitta soha bo'chicha gaplashamiz).

PFLning bayonotida aytilishicha, Farg'onada 8 kishidan iborat ishchi guruh bo'lgan. SAKKIZ!  Hatto FIFA va OFK ham qiyinchiligi yuqori bo'lgan bahslarga ko'pi bilan 4-5 kishini yuboradi. Bu erda esa 8 ta.

Savol tug'iladi, bu odamlar ikki kun davomida nima qilishdi? Ularning birortasi organ vakillari bilan jamoat tartibini saqlash rejasini muhokama qilganmi? Agar tribunada pandemiya davrida ruxsat berilganidan ko'proq tomoshabin o'tirgan, ijtimoiy masofaga amal qilinmagan bo'lsa, o'yinga qanday tayyorgarlik ko'rilgandi?

Men translyaciyani ko'rmadim, lekin lavhalarga ko'ra 80-daqiqadan boshlab muxlislar hakamlikdan norozi ekanliklari aniq ko'rina boshladi. PFLning ushbu sakkiz nafar xodimi 80 daqiqadan to final hushtagigacha nima bilan shug'ullangan? Mabodo vaziyat taqozo etgudek bo'lsa, ular hakamlarlarni himoya qilish uchun jamoat tartibini saqlash xodimlari bilan aloqa qildilarmi? Nega ushbu 8 nafar xodim hakamlar uchun maydondan kiyinish xonasiga qadar yo'lak hosil qilmadi?

Bu savollarga PFL javob beradi deb o'ylamayman. Javoblar o'rniga ular xohlagan narsalari haqida gapirishni afzal ko'rishlari allaqachon ananaga aylangan. Faqatgina PFLni javobgarlikka tortishga qodir odamlar O'zbekistonda bor-yo'qligini tushunish kifoya. Men eng ommabop nashrlarda emas, unchalik mashhur bo'lmagan ikkita OAVda uchrashuv tashkilotchilariga nisbatan qilingan tanqidlarni ko'rdim. PFLning o'zida na Ijroiya qo'mita va na xodimlar hisobot beradigan boshqa biron bir tashkilot mavjud. Hamma umid O'zbekiston futbol associaciyasidanmi?", - deydi Alisher Nikimbaev. 

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика