So’nggi yangiliklar

17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  0 17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  1 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  1 15:38Роналду – энг яхши!  12 15:11"Реал"да можаро: Винисиус янги мураббийнинг ҳаракатларидан норози  12 14:42"Андижон" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  5 14:15"Манчестер Сити" ва "Бавария" Доннарумма учун курашга қўшилди  1 13:45Ўткир Юсупов "Истиқлол" таклифини рад этди  10 13:20"Барселона"да асосий таркибдан мосуво қилинган Тер Штегенга "Сити"дан таклиф тушди  8 12:57"Челси" дарвозабони "Борнмут"га ўтди. Трансфер шартлари қанақа?  1 12:38"Қизилқум" легионери жамоадан кетди  2 12:18ЖЧ-2026 саралаши. Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлаб берди: Қатар ва БАА битта гуруҳда  30 11:52IFAB VAR иши ва пенальтилар ижросига оид қоидаларни ўзгартириши мумкин  5

Alisher Latipov: "Qo'qon-1912" bilan tengma-teng o'ynashga intildik, ammo omad "Yunired" tomonda bo'lmadi" Yangiliklar

Alisher Latipov: "Qo'qon-1912" bilan tengma-teng o'ynashga intildik, ammo omad "Yunired" tomonda bo'lmadi"

Pro liga 3-turi doirasidagi "Yunired" – "Qo'qon-1912" (0:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Alisher Latipov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Nima ham derdim, "Qo'qon-1912" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Birinchi bo'limda xatolar tufayli ikkita gol o'tkazib yubordik. Ikkinchi taymda vaziyatni o'zgartirishga intildik, ammo omad biz tomonda bo'lmadi. Gol urish uchun etarlicha vaziyatlar bo'lgandi. Raqib bilan tengma-teng o'ynashga intildik.

Futbolchilarning maydondagi harakatini ko'rib, tahlil qilamiz. Bitta shijoatning o'zi bilan o'ynash etarli emas. Bugun aksariyat o'yinchilar, aniqrog'i, 1-2 nafar futbolchimiz ko'rsatmani bajara olmadi. SHu bois ikkinchi taymda o'zgarishlar qilib, vaziyatni to'g'rilashga harakat qildik. Ammo gol urish uchun omad kelmadi. 

Amirjon Safarov? U aslida hujumchi sanalsa-da, uni chap qanotda o'ynatyapmiz. Amir hali o'zini ko'rsatishiga ishonaman. Jamoamiz, tarkibimiz yangiligi uchun yigitlarning bir-birini yanada yaxshiroq tushunishi uchun ham hali yana vaqt talab etiladi. Mag'lubiyatga qaramay, jamoamizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat aytmoqchiman", – dedi "Yunired" bosh murabbiyi Alisher Latipov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика