So’nggi yangiliklar

12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  0 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  3 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  1 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  5 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  4 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  6 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  17

Alisher Ibragimov: “Bolalar futboli bo'yicha Osiyoda etakchilardanmiz” Yangiliklar

Alisher Ibragimov: “Bolalar futboli bo'yicha Osiyoda etakchilardanmiz”

“Bunyodkor” futbol akademiyasi mamlakatimizning etakchi tarbiya maskanlaridan biri hisoblanadi.

Dostonbek Hamdamov, Zabihillo O'rinboev singari iqtidor egalari aynan shu akademiya tarbiyalanuvchilari sanaladi. Bu yoshlar bugun jamoaning asosiy o'yinchilaridan biriga aylanib bo'ldi. Akademiyada olib borilayotgan ishlar yaqin kelajakda yanada ko'proq meva berishiga ishonish mumkin. Bir hafta muqaddam 2002-2003 yillarda tug'ilgan bolalardan iborat akademiya tarbiyalanuvchilari Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda tashkil qilingan “SuperMokh Cup”xalqaro turnirda ishtiroq etib qaytdi. Biz o'tgan hafta akademiyada 2003 yilgi bolalar guruhiga ustozlik qilib kelayotgan Alisher Ibragimov bilan suhbatlashdik. 

- Alisher aka, dastavval Malayziyadagi turnir haqida aytib o'tsangiz. Musobaqaga sizlar kim taklif qildi. 

- Turnir ikkinchi marta tashkil qilinayotgan ekan. Yodingizda bo'lsa, o'tgan yili Miraziz Mirzaahmedov murabbiyligida vakillarimiz terma jamoa sifatida ishtirok etgandi. Bu yil tashkilotchilar bizga, yani “Bunyodkor” akademiyasiga taklif jo'natishdi. Klubimizning xalqaro bo'limi bizga buni malum qilganidan so'ng, musobaqaga tayyorgarlik ko'rib, yo'l oldik.

- Xarajatlarni tashkilotchilar o'z bo'yniga oldimi?

- Faqat Malayziyaga borib-kelish xarajati klubning bo'ynida edi. Qolgan barcha xarajatlarni tashkilotchilar qoplashdi.

- SHaroitlar xususida ham to'xtalib o'tsangiz.

- SHaroiyatlar alo darajada. Bu haqida gap bo'lishi mumkin emas. Kuala-Lumpurdagi “Purama” mehmonxonasida istiqomat qildik. Mehmonxonada bizdan tashqari, Eron va Bangladesh terma jamoasi azolari bor edi. Har bir xonada ikki nafardan bola yashadi. Qisqasi, yashash bo'yicha hech qanday muammo bo'lgani yo'q. Kerak bo'lsa, havo issiqligi uchun basseynlar ham bor. Terma jamoalarga alohida avtobus ajratilgan. Bizni alohida vakil olib yurdi. U tarjimonlik ham qildi. 

- Mashg'ulot o'tkazish uchun qanday maydonlar ajratildi.

- Biz Kuala-Lumpurga musobaqa boshlanishidan ikki kun avval etib borgandik. Vaqtlar orasidagi tafovut sezilarli bo'lgani bois, muhitga moslashishimiz biroz qiyin kechdi. Mashg'ulot o'tkazishimiz uchun suniy qoplamali maydon ajratishdi. Maydonning holati ajoyib ko'rinishda. U maydonda o'yinlar ham o'tkazildi, mashg'ulotlar ham olib borildi. Aytgancha, biz turnirda ikki yosh toifasida ishtirok etganimizdan xabaringiz bor. Tashkilotchilar bitta yurt vakili bo'lganimiz bois, ikkala jamoaga bitta avtobus ajratgan bo'lsa-da, ikkita maydon berdi. 2002 yilgi jamoamiz barcha uchrashuvlarini suniy qoplamali maydonda o'tkazgan bo'lsa, biz faqatgina bitta o'yinni shunday maydonda o'tkazdik. Qolgan raqiblar bilan tabiiy qoplamali maydonda hisob-kitob qildik. SHu erda bir gapni aytib o'tsam: kattalarimiz katta maydonda to'p surdi, biz kichkinalashtirilgan maydonda o'ynadik. Maydondagi futbolchilarning sonida ham farq bo'ldi. Ular o'n, biz to'qqiz nafardan bo'lib o'ynadik. Kattalar har bir bo'limi 35 daqiqadan iborat uchrashuvlarda maydonga tushdi, biz 20 daqiqa. Ishtirokchilar bir kunda bitta o'yinda to'p surdi.

Iqlim anchagina issiq bo'lgani bois, bolalar sharoitga moslashishlari qiyin kechdi. Qolaversa, o'yinlar mahalliy vaqt bilan ertalabki, soat 8:00da start oladi. Bu vaqtda Toshkentda hali endi 5:00 bo'lgan bo'ladi. Uchrashuv o'tkaziladigan stadionga bir soat oldin etib borish kerak. Endi tasavvur qiling, soat nechchida turishimiz kerak, nechchida nonushta qilish lozim va qachon futbol o'ynimiz? Inson organizmi bunday tafovutga moslashishi uchun ancha vaqt kerak. 

- Futbolchi odatda o'yindan 3-4 soat oldin ovqatlanadi. Gapingizga qaraganda, Malayziyada shogirdlaringiz ertalabki nonushtani o'yindan uzog'i ikki yoki bir yarim soat tanavvul qilgan.

- Nonushtalar og'ir bo'lgani yo'q. Engil, shkoladga o'xshagan hazmi og'ir bo'lmagan emakliklar berildi. Agar boshqacha taom bo'lganida ham nima qila olardik? Toshkent vaqti bilan tungi ikki-uchda uyg'otib, nonushta bermaysizku? O'zi kechki payt ularni uxlatishning o'zi bir muammo. Mahalliy vaqt bilan 22:00da hamma uxlashi kerak. Bu paytda Toshkentda endi 19:00 bo'lgan bo'ladi. Aytingchi, qaysi bola bunday vaqtda uxlaydi? Katta ehtimol bilan uncha-buncha bola soat 19:00dan uxlamasa kerak?! Insonmiz, baribir vaqtlar orasidagi tafovutga moslashdik, faqat turnir yakunlanishi arafasida bunga ko'nikdik.

- Endi o'yinlar haqida gapirib o'tsangiz.

- Musobaqa boshlanishidan avval bizga biriktirilgan tarjimondan guruhdan nechta jamoa chiqishini so'raganimizda 2ta, deya javob qaytardi. Har bir guruhda beshtadan ishtirokchi, jami 4ta jamoa bor edi. Birinchi turda Janubiy Koreyaning “Puja” degan klubiga qarshi tabiiy maydonda o'ynadik. Avvaliga o'yin davomida 3ta o'zgarishni amalga oshira olishimizni aytishdi, keyin ob-havo issiqligini inobatga olib, almashtirishni 7tagacha ko'paytirishdi. So'ng almashtirilgan o'yinchiga yana maydonga tushish ruxsatini berishdi. Xullas, 1-turda qiyinchilik bilan g'alaba qozonib oldik. 2-turda mahalliy jamoaga qarshi to'p surdik. Ochig'i, raqibga biroz kuchimiz etmadi. Boisi, mezbonlarda iqlim yoki vaqt bo'yicha muammolar yo'q, qolaversa, futbolchilar ham gavdali va yoshi biroz kattaroqqa o'xshadi. Qisqasi, yutqazdik. 3-turda ham mezbon yurt jamoasi bilan o'ynadik. Og'ir o'tgan uchrashuvda hisob 0:0 bo'lib turganida hakam tomonidan qo'shib berilgan ikkinchi daqiqada gol urib, g'alaba qozondik. Guruhdagi so'nggi uchrashuvda Tailandning “Bek Tera Sasana” klubi tarbiyalanuvchilariga qarshi o'ynab, g'alaba qozondik va to'plar nisbatiga ko'ra, guruhda ikkinchi bo'ldik. Aslida birinchi bo'lishimiz ham mumkin edi, ammo guruhdagi ikki Malayziya jamoa bir-biriga yordam berib yubordi. SHundan keyin bizga ertaga chorak finalda Tailand “Buriram Yunayted” jamoasiga qarshi o'ynashimizni aytishdi. Lekin ertasi kuni ertalab, o'yinga jo'nab ketish uchun mehmonxonaning birinchi qavatida yig'ilsak, klubimiz matbuot kotibi Bahodir Mirzaev biz 5-o'rin uchun o'ynashimizni aytib qoldi. Bu gapni eshitgan bolalar ruhan “sinib” qolishdi. Tushunmovchilikka aniqlik kiritish maqsadida tashkilotchilar bilan bog'landik. Ular Nizomda shunday yozilganini ro'kach qilishdi. Keyin bilsak bu atayin amalga oshirilgan ekan. Sababi, to'rttala guruhda ham Malayziya jamoalari birinchi o'rinni egallagan. Tashkilotchilar o'sha 4 jamoa ishtirokida yarim final, 3-o'rin va final o'yinlarini o'tkazib, sovrinlar o'zlarida qolishini taminlashmoqchi bo'lishgan. Guruhlarda ikkinchi o'rinni egallaganlar qolgan o'rinlar uchun kurashishdi. 

5-o'rin uchun “Buriram Yunayted”ga qarshi o'yinda maydonga tushib, mag'lubiyatga uchradik. SHundan so'ng biz uchun musobaqa yakunladi, deb o'ylasak, 7-8 – o'rinlar uchun o'yin borligini aytishdi. Ertasi kuni yana Janubiy Koreya jamoasiga qarshi o'ynab, yirik hisobda g'alaba qozondik.

- Raqiblar orasida qaysi biri yoqdi? Ulardan nimadir o'rganish mumkinmi?

- Bizdan kattalar guruhida “Manchester Siti”, “Dinamo” (Zagreb), “Rayo Valekano” (Ispaniya), “Korintians” (Braziliya) kabi mashhur klub tarbiyalanuvchilaridan iborat jamoalar bor edi. Afsuski, ular ishtirokidagi uchrashuvlarni ko'rishning imkoni bo'lmadi. O'zimizning raqiblar orasida Tailandning “Buriram Yunayted” jamoasi yoqdi. O'sha uchrashuvda mag'lubiyatga uchragan bo'lsakda, o'yin hammaga yoqdi. Bu raqibda qandaydir uslub ko'rdim. Ulardan nimadir olishimiz mumkin, deya olmayman. Uslubi bizniki bilan deyarli bir xil. SHunchaki, ular maydonda nimadir qilishga harakat qilishar ekan. Biz ham ularga yoqdik. O'yindan keyin ikkala jamoa murabbiylari gaplashdik, telefon raqamlarimizni almashdik. Malayziya va Janubiy Koreya jamoalarida hech qanday uslub ko'rganim yo'q. Ularda himoyachilar to'pni oldinga tepib yuboradi. Qolgani hujumchining ishi. 

- Umumiy manoda turnir jamoaga nima berdi?

-Fikrimcha, bolalarda o'zlariga bo'lgan ishonch ortdi. SHogirdlarim futbolda non topib eyish qanchalik qiyin ekanligini his qilishdi. Futbolchi kasbidan non topish uchun qanchalik mehnat qilishi lozimligini sezishdi. Xorij jamoalariga qarshi o'ynab, nimalarga qodirliklarini bilib olishdi. Ular bilan do'st tutinishdi. 

- Raqib murabbiylari bilan gaplashgan bo'lsalaring, ulardagi sharoitlar bilan qiziqqan bo'lsalaring kerak?

- Malayziyadagi akademiyalarga sayohat uyushtirdik. SHaroitlarga to'xtalsam, “Bunyodkor” akademiyasi bilan solishtirganda deyarli farq ko'rmadim. Bitta farq, ularning akademiyasida ko'proq xorijlik murabbiylar ishlar ekan. Guruhda biz yutqazib qo'ygan jamoaning bosh murabbiyi Uels mamlakatidan bo'lib, u “Bunyodkor”ga qarshi ikkinchi turda maydonga tushgani o'zlarining yutug'i bo'lganini takidladi. Yani, biz hali iqlimga moslashib ulgurmasimizdan bizga qarshi o'ynagani g'alabaning asosiy omili bo'lganini aytib o'tdi. SHogirdlarim o'sha murabbiyda juda yaxshi taassurot qoldirdi. Qolaversa, burchak va jarima to'plarini amalga oshiriyotgan vaqtda hiyla qilganimiz raqiblarda juda yoqdi. Birinchi o'yinda “Puja” darvozasini shunday hiyla orqali ishg'ol qildik. Hiyla shunday: futbolchi burchak to'pini erlatib jarima maydoni ichiga etkazib beradi. To'pga yaqinlashgan uch nafar o'yinchi uni bir-ketin o'tkazib yuboradi. To'rtinchi futbolchi darvozaga zarba yo'llaydi. Bu hiylani uelslik murabbiy alohida etirof etdi. CHunki ularga ham bu hiylani qo'llagandik. 

- SHogirdlaringizga boshqa jamoalardan qiziqishlar bo'ldimi?

- Ha. Ikki-uch nafar shogirdimga qiziqish bo'ldi. Lekin ularning ism-sharifini malum qilmoqchi emasman. Tailand jamoalari qiziqish bildirishdi. Ularga barchasini klub rahbarlari hal qilishini aytib o'tdik.

- O'zingiz boshchilik qilayotgan guruh to'g'risida ham malumot bersangiz.

- Men bu guruhga sherigim Furqat Samegov bilan boshchilik qilaman. U “A”, men “B” guruhda bosh murabbiyman. Musobaqaga jo'nab ketish oldidan ikkala guruhdan futbolchilarni saralab oldik. O'zim “Bunyodkor” akademiyasida dastavval 2008 yilda tug'ilgan bolalarga boshchilik qilganman. Yanvar oyidan boshlab, 2003 yilda tug'ilgan bolalar bilan ishlayapman. “Bunyodkor” eshiklari har doim iqtidorlar uchun ochiq. Bizga deyarli har kuni bolalar kelishadi. Tatil vaqtlarida o'zimiz Respublikamiz bo'ylab, selekciyaga chiqamiz. Oddiy misol, o'zim yozda Navoiy, Xorazm va Namanganda bo'lib, iqtidorlarni izlab keldim. Bizda aytganimdek ikkita guruh bor. “A” guruhida iqtidorli bolalar to'p suradi. “B” guruhida esa, boshqalar tarbiyalanadi. Biz hech kimni xafa qilmaymiz. O'zini ko'rsata olmaganlarga “B” guruhida o'ynab, mashg'ulotlarda ishlab, o'zini ko'rsatishiga imkoniyat yaratib beramiz. Agar o'zini ko'rsatsa, “A” guruhiga o'tkazamiz. Aksincha, “A” guruhidagi bolalarning o'yinida pasayish kuzatilsa, “B”ga jo'natamiz. Akademiyaga qabul qilingan yangi bola iqtidorli bo'lsa ham uni dastavval “B” guruhiga joylashtiramiz. Sababi, unga akademiyaning ichki muhiti, o'yin uslubiga moslashib olishi uchun vaqt kerak. Malum muddat “B” guruhida shug'ullagan bola albatta “A” guruhdan joy oladi.

Furqatbek NISHONOV suhbatlashdi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика