Alibobo Rahmatullaev: "Bunyodkor"da ichki muhit yaxshi emas"
11 noy 2014 10:34
Yangiliklar


Alibobo Rahmatullaev: "Bunyodkor"da ichki muhit yaxshi emas"
Bu haqda futbolchi kecha bo'lib o'tgan "Futbol sharhi" ko'rsatuvida aytib o'tdi.
"Qosimov bizning otamiz edi. U ketgach samolyotimizning bir qanoti sindi, Volkov ketgach esa ikkinchisi. Natijada qanotsiz uchdik va 4-o'rinni egalladik. Jamodagi muhit yaxshi emas, har qancha harakat qilmay Lushan meni asosiy tarkibga qo'ymayapti. Uni ketishini ko'pchilik istayapti. Agar u ketmasa men jamoadan ketaman. Mochinov kelib mashg'ulotimiz biroz yaxshi tomonga o'zgardi. Uning qanday mutaxassisligi ko'rinib turibdi", deydi futbolchi.

Fikrlar