Alibek Turobov: “Menga ob-havo tasir o'tkazmadi”
04 noy 2016 13:50
Yangiliklar
Alibek Turobov: “Menga ob-havo tasir o'tkazmadi”
Ushbu bahsdan so'ng “SHo'rtan” klubi darvozaboni Alibek Turobov o'yin haqida fikr bildirdi.
“Mag'lubiyatga ob-havo sabab bo'ldi deya olmayman. Birinchi bo'limda yaxshi o'yin ko'rsatayotgandik. Ikkinchi bo'limga kelib biroz charchoq alomatlari sezildi deb o'ylayman. SHuning uchun ham mag'lubiyatga uchradik. Jamoadoshlarimga bunday ob-havoga qanday ko'nikishdi bilmayman. Lekin menga tasir o'tkazmadi. Bu futbol! Kimdir mag'lub bo'ladi, yana kimdir g'alaba qozonadi. “Paxtakor”ga qarshi o'yinda mag'lubiyatga uchradik. Buni esimizdan chiqarib keyinga bahsga tayyorgarlik ko'ramiz. Asosiy tarkibda maydonga tushgan darvozabonimiz jarohat oldi. Murabbiyimiz majburiy o'zgarishni amalga oshirdi va meni uni o'rniga almashtirdi. Men o'zimni yo'qotib qo'ymadim. Aksincha ishonchliroq o'yin o'tkazdim”, - deydi “SHo'rtan” klubi posboni Alibek Turobov.
Jahongir Sotvoldiev
Fikrlar