Alexandro Sabelya kengaytirilgan ro'yxatdan 4 ta futbolchini olib tashladi
22 may 2014 08:01
Yangiliklar
Alexandro Sabelya kengaytirilgan ro'yxatdan 4 ta futbolchini olib tashladi
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Alexandro Sabelya Braziliyaga bormaydigan 4 ta futbolchi nomini malum qildi.
Sabelyaning qaroriga ko'ra, himoyachilar Lisandro Esekel Lopes
("Xetafe", Ispaniya) va Gabriel Merkado ("River Pleyt"), yarim himoyachi Fabian Rinaudo ("Kataniya", Italiya), shuningdek, hujumchi Franko Di Santo
("Verder", Germaniya) kabi futbolchilar kengaytirilgan ro'yxatdan olib tashlandi.
Fikrlar