So’nggi yangiliklar

16:05Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Металлург" 2, "Нефтчи", "Насаф" ва ОКМК 1 нафардан йўқотишга эга  0 15:51Футзал. Жаҳон чемпионати иштирокчиларининг асосий "қуроллари"  1 15:35"Ливерпуль" ҳимоячисини "Брентфорд"га сотишдан 25 млн фунт фойда қилди  0 15:11Расман: Илкай Гюндоган "Манчестер Сити"га қайтди!  1 14:52"Челси" 7 нафар футболчисига чиқиш эшикларини кўрсатмоқда  0 14:25МЮ тарбияланувчиси билан шартномани узайтирмоқчи  2 14:01Ўзбекистон терма жамоаси мураббийи Испания клуби билан шартнома имзолади  4 13:40Конференциялар лигаси. "Челси" - "Серветт", "Барселона"дан ҳарид қилинган ўйинчи 99%лик вазиятдан гол ура олмади  4 13:28"Ал Насср"да молиявий муаммолар пайдо бўлди. Клуб Роналдудан бу ҳақда оғиз очмасликни сўраган  9 12:57"Ливерпуль" хавбеки "Зальцбург"га йўл олди  8 12:28"Астон Вилла" "Челси"га керак бўлмай қолган Стерлингни олиб келмоқчи  4 12:00Суперлига 17-турига расмийлар тайинланди: "Насаф" – "Андижон" ўйинида Нажафалиев, "Сўғдиёна" – "Пахтакор" баҳсида Норсафаров ишлайди  6 11:31Хитойнинг Shineray SWM бренди "Пахтакор"нинг "олтин" ҳомийсига айланди  6 11:12МЮ 50 миллион евролик трансферни амалга оширмоқчи  2 11:01"Футбол ва Спорт бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Жамолиддинов Муҳаммадали  1

Aleshandro Pato hozir qaerda? Yangiliklar

Aleshandro Pato hozir qaerda?

Teglar :  Aleshandre Pato
Braziliyalik iqtidor sohibini muxlislar juda yaxshi eslashadi.

Katta shov-shuvlar bilan katta futbolga kirib kelgan yosh yigitchani porloq kelajak kutayotgani va u jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'lishini tahmin qilishgandi, lekin voqealar rivoji biroz boshqacharoq tus oldi. 

Pato Italiya bilan bog'liq xotiralarini doim tabassum bilan yodga oladi.

“Kamp Nou”da bo'lib o'tgan bahsning 24-sekundidayoq futbolchi juda chiroyli gol muallifiga aylangani ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak. O'shanda muxlislar hayratiga sabab bo'lib, sportga ixtisoslashgan kanallarda bir necha oy takroran namoyish etilgan ajoyib gol muallifi 22 yoshli braziliyalik edi. 2013 yil qishda Amerikaga qaytish, “Korintians”dan “San-Paulu”ga o'tish, yangi ijara — Londonning “CHelsi” klubi, keyin esa “Vilyarreal” bilan 4 yillik shartnoma tuzgan. U hozirda Xitoy Superligasida o'ynaydigan “Tyanczin Cyuanczyan” klubida faoliyatini davom ettirmoqda.

“O'ylashimcha, u jamoaga kelgani o'yin uchun muhim omillardan biri bo'lgan. Bizning taktikamiz to'pni pastda ushlab turishdan iborat edi. U har doim ham buni uddalay olmagan bo'lishi mumkin, biroq bir necha bor ajoyib o'yin ko'rsata olgan. Pato aytganlarimni to'g'ri bajarar, hujumda yaxshi o'ynar hamda kuchli zarba bera olardi”, — degan edi Fabio Kannavaro futbolchining klubdagi birinchi o'yinidan so'ng.

Afsuski, dastlabki o'yin mag'lubiyat bilan boshlandi: “Guanchjou Fuli” (0:2). Bu bahs 2017 yil mart oyi boshlarida bo'lgan. Ikkinchi tur Patoni “Tyanczin” muxlislari orasida qahramonga aylantirishi mumkin edi. Ammo mehmonlarning bu erda ham omadi kelmadi. “SHanxay SHenxua” bilan 1:1 durang natija qayd etildi. Uchrashuv so'nggi daqiqalarida darvozabon jamoani mag'lubiyatdan saqlab qoladi va Patoning zarbasidan keyin to'pni ushlab qolgandi.

2017 yil 1 aprel kuni Olimpiada g'olibi, “Oltin to'p” egasi va Rossiyaning 2015 yilgi chempioni Xitoy elitasida dastlabki g'alabaga erishdi: Pato yaxshi o'yin ko'rsatdi va golli uzatma berdi. Kannavaro 24 ming tomoshabinni g'alaba bilan tabrikladi. Aksel Vitsel esa butun o'yin davomida maydon markazida hukmronlik qildi va ajoyib paslar etkazib berib turdi. Uyda bo'lgan ikkinchi bahs ham omadli yakun topdi.

“Milan” sobiq o'yinchisining Xitoydagi faoliyatini butkul samarasiz o'tdi desak noto'g'ri bo'ladi. Pato boshqa chet ellik futbolchilar kabi ko'pchilikning etibor markazida edi. Darhaqiqat, ular o'rtasidagi shaxsiy shartnomalar nafaqat moliyaviy jihatdan, balki Superliga va mamlakatdagi o'rnidan ham katta ahamiyatga ega edi. Aleshandre liganing ikki mavsumida 30tacha gol urishga muvaffaq bo'ldi. 2018 yil jamoa turnirning kuchlik uchligidan o'rin egalladi.

Braziliyalik o'yinchining Italiyadagi ilk uchrashuvi “Internasonal”ga qarshi bo'lgandi. A Seriyada uning chiqishini hamma kutgan va debyut o'zini oqlagan. Anchelotti jamoasi tarkibida Kaka, Zeedorf va Ronaldo kuchli uchligi bo'lishiga qaramasdan, Aleshandre eng yuqori ko'rsatkichni qayd etgan. U Italiyadagi birinchi golini urishga muvaffaq bo'lgandi. “Qizil-qoralar” esa Edoardo Reya shogirdlarini mag'lubiyatga uchratishgan.

Bundan o'n bir yil muqaddam Patino Italiya futboliga kirib bordi. Darhol o'zini namoyon qila olgan futbolchi Braziliya termasiga ham taklif qilindi. Forvard termadagi faoliyatini ham muvaffaqiyatli tarzda boshladi. 2008 yil mart oyi "Uembli"da SHveciyaga qarshi o'tgan bahsda Pato termadagi dastlabki golini urishga muvaffaq bo'ldi. Dunga boshchiligidagi jamoa Londonda bo'lgan o'rtoqlik uchrashuvidan ham 1:0 hisobdagi g'alaba bilan uyga qaytgandi.

Pato “Rossonerilar” tarkibida 2013 yil qishigacha o'ynadi va 60dan ortiq gol urdi. SHuningdek, Skudettoni qo'lga kiritib, 2010/11 yilgi mavsumda mamlakat Superkubogiga sazovor bo'ldi. To'g'ri, doim ham omadi yurishavermagan. Lekin ko'pchilikning yodida qolishga muvaffaq bo'lgan. Bazida u “Milan”ga qaytishi mumkinligi haqida mish-mishlar qulog'imizga chalinadi, lekin nazarimizda bu gaplar haqiqatdan ancha yiroq.

Patino “Milan”da juda baxtiyor edi. U Italiya bilan bog'liq xotiralarini doim tabassum bilan yodga oladi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика