So’nggi yangiliklar

17:50Гвардиола: "Аит-Нури, Мармуш ва Шерки МЮга қарши ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  0 17:44Суперлига. "Сўғдиёна" - ОКМК. Таркиблар маълум  2 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  2 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  11 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  6 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  4 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  5

Isko, O'runov va Dzyuba – kimlar 2023 yilni erkin agent sifatida boshlashdi? Yangiliklar

Ushbu qishdagi erkin agentlar bozori juda qiziq bo'ldi: Krishtianu Ronaldu "Al-Nassr"ga yo'l oldi, Deyli Blind esa "Ayaks" bilan shartnomani bekor qildi va "Bavariya" bilan bitim tuzdi.

Bugun kimlar 2023 yilni shartnomasiz qarshi olishganini ko'rib chiqamiz.


Loris Karius (29 yosh, darvozabon)

Nemisning faoliyati o'sha CHempionlar ligasi finalidan so'ng pastga sho'ng'idi. "Nyukasl" uni zaxira darvozaboni sifatida oldi, ammo Loris yarim yil davomida bir daqiqa ham o'ynamadi. Qishda uni Martin Dubravka qaytganidan so'ng qo'yib yuborishdi. Karius so'nggi rasmiy o'yinini 2021 yilning fevralida "Union" safida o'tkazgan.



SHime Vrsalko (30 yosh, qanot himoyachisi)

Xorvat yozda "Olimpiakos"ga kelgandi, ammo jarohati sabab formasini tiklay olmadi. Yakunda u bilan shartnomani bekor qilishdi, SHime hozirda yangi jamoa izlamoqda.



Stiven Kolker (31 yosh, himoyachi)

Kolker qachonlardir Kloppning "Liverpul"dagi ilk transferi bo'lgandi va hatto hujumda ham o'ynagandi. Stiven 2019 yildan beri Turkiyada o'ynaydi. U mavsumni Pirloning "Fatix Karagumruk"ida boshladi. Futbolchi yomon harakat qilmadi, ammo qishda tomonlar shartnomani bekor qilishdi.



Fauzi Gulyam (31 yosh, qanot himoyachisi)

Qachonlardir Gulyam uchun top-klublar navbat hosil qilishgandi, ammo barchasini jarohatlar barbod qildi. "Napoli" yozda jazoirlik futbolchini qo'yib yubordi, Gulyam hozirda Liga 1'ning eng yomon jamoasi bo'lmish "Anje" bilan shug'ullanmoqda. Balki unga shartnoma taklif qilishar.



Isko (30 yosh, yarim himoyachi)

Isko Xulen Lopetegi qo'l ostida "Sevilya"da faoliyatini jonlantirmoqchi edi, ammo Xorxe Sampaoli kelishi bilan tarkibdagi o'rnini yo'qotdi. Natijada yarim himoyachi sport direktori Monchi bilan janjallashdi va erkin agentga aylandi. Iskoni hozirda Italiyada kutishmoqda, unga A Seriyaning ikkinchi yarmidagi jamoalar qiziqmoqda.



Viktor Vanyama (31 yosh, tayanch yarim himoyachisi)

"Tottenxem"dagi kuchli keniyalik yarim himoyachini eslaysizmi? U 2020 yilning bahoridan "Monreal"da o'ynadi. Viktor jamoa sardori va etakchisi bo'ldi, ammo endilikda MLSdan ketmoqda. Xabarlarga ko'ra, u "Seltik"ga o'tishi mumkin.



Xatem Ben-Arfa (35 yosh, yarim himoyachi)

Ben-Arfa so'nggi yillarda faqatgina o'layotgan "Bordo"da nisbatan yaxshi davrni o'tkazdi. "Lill"da yarim yil bo'ldi va jamoa u bilan shartnomani uzaytirmadi. Ammo, Xatem bazan kutilmagan joylarda paydo bo'lishi va yarim tirik jamoalarga ijodkorlik qo'shishi mumkin.



Oston O'runov (22 yosh, yarim himoyachi)

Oston "Ural"da muvaffaqiyatsiz mavsum o'tkazdi: RPLda 52 daqiqa, Kubokda 27. Bosh murabbiy Goncharenoning so'zlariga ko'ra, u "o'ziga-o'zi qildi" va u bilan xayrlashishga qaror qilishdi. SHamil Gazizov O'runovga "Ufa"ga qaytishni taklif qilishganini, ammo "yigitcha adashib qolganini" aytdi.

→ Oston O'runov bugun "Navbahor" bilan Turkiyaga uchib ketdi



Artyom Dzyuba (34 yosh, hujumchi)

Dzyuba "Adana Demirspor"da jamoaviy taktikaning qurboni bo'ldi, shu sabab hozirda yangi klub tanlamoqda. Kipr va Yaqin SHarq (Saudiya Arabistoni va BAA)dan takliflar haqida mish-mishlar bor. Artyomni shuningdek "Sivasspor" bilan bog'lashdi, ammo klub prezidenti bu mish-mishni rad etdi.



Kristian Telo (31 yosh, qanot hujumchisi)

Telo "Betis"ning so'nggi mavsumlaridagi muhim o'yinchilaridan edi, ammo u tarkibdagi o'rnini yo'qotdi va AQSHga yo'l oldi. Malum bo'ldiki, u "Los-Anjeles"da ham asosiy tarkibga kirishga birdan tayyor emas. Kristian hozirda Ispaniyaga qaytdi va o'zini faol tarzda La Liga klublariga taklif qilmoqda.



Salomon Rondon (33 yosh, hujumchi)

Tajribali venesuelalikning hatto muammoli "Everton"da ham o'yini chiqmadi – ushbu mavsum 200 daqiqa ichida samarali harakat yo'q. Ammo, u 2022 yil terma jamoada 10ta o'yinda 7ta gol urdi.



Maks Kruze (34 yosh, hujumchi)

Mojaroli nemis hujumchisi "Volfsburg"ning yangi murabbiyi Niko Kovach bilan janjallashdi va yangi yilda o'ziga yangi klub qiziqmoqda. Maks hozirda AQSHda va katta ehtimol o'sha erda qoladi. Nemis klublari yoshi katta forvardga maosh to'lashga tayyor emaslar, ammo MLSda yana biroz chang solish mumkin.



Simone Zaza (31 yosh, hujumchi)

Zaza "Torino"ga kerak bo'lmay qoldi, hujumchini shartnomasi yakunlanishiga bir yil qolganda erkin agent maqomida qo'yib yuborishdi. Simone B Seriyadagi barcha takliflarni rad etdi va Ispaniyaga qaytishni juda ham xohlamoqda. Hozircha bu amalga oshmayapti, ammo qishda forvard uchun gollar juda kerak bo'lgan klublar kelishi mumkin.



Yana kimlar erkin:

Santyago Arias (30 yosh, qanot himoyachisi), Denni Rouz (32 yosh, himoyachi), Eliakim Mangalya (31 yosh, himoyachi), Aleshandre Pato (33 yosh, hujumchi), Denni Drinkuoter (32 yosh, yarim himoyachi).


Ayrim erkin agentlar allaqachon yangi klublarini topishdi va hozirda ro'yxatga olishni kutishmoqda. Masalan, Andrea Bertolachchi, Sofyan Feguli va Adem Lyaich "Fatix Karagumruk" bilan shartnoma imzolashdi.


Sports.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика