So’nggi yangiliklar

19:30Тарихда илк бор Жаҳон чемпионатида Марказий Осиёдан 2 та терма жамоа иштирок этади  4 19:00Футзал. Ўзбекистон - Вьетнам (матнли трансляция)  15 18:57Футзал. Таиланд чорак финалда Ироқни таслим қилди. Ярим финалдаги рақиб - Тожикистон  2 18:33Мбаппе ПСЖдан кетиши оқибатида 130 млн евродан воз кечиши мумкин  1 17:35"Спартак" собиқ устози "Милан"ни бош мураббийлигига асосий номзод   1 17:10«Сити»нинг икки асосий футболчиси «Брайтон»га қарши майдонга тушмаслиги мумкин  3 16:45«Атлетик»да 15 йил ўйнаган футболчи клубдан кетмоқда  3 16:21U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони учрашувида бизга таниш ҳакам ишлайди  20 16:04"Дон-дон-зики", хушчақчақ Кападзе — Ўзбекистон - Вьетнам учрашувидан 93 та расм  1 15:53Футзал. Эрон кетма-кет 9 марта Жаҳон чемпионатига йўлланма олди!  6 15:26АПЛда «Олтин қўлқоп» учун асосий даъвогар маълум бўлди  3 15:05"Фейеноорд" бош мураббийи топ-клублардан бирида иш бошлаши мумкин  4 14:45"Ўзбекистон ҳеч кимдан қўрқмаслигини намойиш этди". Сайтимизнинг россиялик ходими Вьетнам устидан қозонилган ғалаба ҳақида қандай фикрда?  11 14:25Футзал. Тожикистон ўз тарихида илк бор Жаҳон чемпионатига чиқди!  16 14:20Обит яна футбол ўйнай оладими?  0

Yo'qotilgan istedod sohibi Yangiliklar

Yo'qotilgan istedod sohibi

Ulkan iqtidor egasi bo'la turib, barchasini havoga sovurgan futbolchi tarixi.

Tug'ma iqtidori bo'lmasa-da, o'z ustida tinimsiz ishlash va salohiyatini yuksaltirish yoki murabbiyning so'zlariga quloq solib, yuqori cho'qqilarga chiqqan va faoliyatini yo'lga qo'ygan o'yinchilar bor. Masalan, Jeyms Milner. SHuningdek, fantastik istedodga ega va imkoniyatlaridan to'liq foydalana olgan futbolchilar ham ko'p. Misollar talaygina: Messi, Kaka, Maradona va hokazo.

Biroq eng achinarlisi, aqlboqar qilmas istedodi bo'lishiga qaramay, yuqori martabaga erisha olmaganlar ham yo'q emas. Bu gapimizdan so'ng, Oskar, Nani, Kuarejma va boshqalarni eslagan bo'lsangiz ajabmas. Lekin "yo'qotilgan iqtidor" deyilganda, ko'pchilikning hayoliga birinchi bo'lib Aleshandre Pato kelsa kerak... FIFA o'yinlari seriyasining ixlosmandlari bu yigitni yaxshi tanishadi. Keling, bugun Pato haqida gaplashamiz.

"Internasonal" tarbiyalanuvchisi yoshlar jamoasidagi faoliyatini yomon boshlamadi. 20 yoshgacha bo'lgan jamoalar o'rtasida Braziliya chempioni bo'ldi va kattalar jamoasi murabbiyi Abel Braganing etiboriga tushdi.

Libertadores Kubogi qo'lga kiritilganidan so'ng (Evropa CHempionlar Ligasi analogi), 2006 yil bir qancha hujumchilar jamoadan ketdi. Natijada Aleshandre Pato va "Spartak" sobiq forvardi Luis Adriano kattalar futbolida debyut qilishga muvaffaq bo'lishdi. Pato "Palmeyras"ga qarshi bahsda maydonga tushdi va gol urdi hamda 3ta (!) golli uzatma berdi. U haqida bo'lajak yulduz deb bong ura boshlashdi. Ammo o'yinchiga bo'lgan haqiqiy qiziqish Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatidan so'ng paydo bo'ldi. 18 yoshli Aleshandre maydonda eng faol futbolchi bo'ldi va yarim finalda g'alaba golini urdi. Final bahsida esa "Internasonal" "Barselona"ni mag'lub etdi. SHundan so'ng, Pato haqida butun futbol olami gapira boshladi.

Bundan tashqari, Pato Janubiy Amerika yoshlar chempionatida g'olib bo'ldi; umuman olganda, haqiqatdan ham omadi yurishayotgandi. O'yinchiga bo'lgan davogarlar orasida "Portu", "CHelsi", "Arsenal" va "Milan" juda faol edi. "Rossoneri" Pato uchun 22 mln evro tovon puli taklif qilib, poygada g'olib bo'ldi. Hali Evropada o'ynamagan 18 yoshli yigit uchun aqlbovar qilmas summa!

Aleshandre transfer elon qilinganidan yarim yil o'tib, 13-yanvarda debyut qilishga muvaffaq bo'ldi. Bunga transfer oynasi yopilganidan keyin Evropa Ittifoqiga azo bo'lmagan davlatlardan voyaga etmagan futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishni taqiqlovchi qonunlar borligi sabab bo'lgandi. Lekin u ilk o'yin — "Napoli" bilan uchrashuvda gol urdi. Umuman olganda, yigitcha A Seriyadagi dastlabki yarim yilini muvaffaqiyatli o'tkazdi: 18 o'yinda 9ta gol.

"Milan"ning o'sha vaqtdagi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti iqtidorli braziliyalik haqida juda ko'p iliq so'zlarni aytgandi: "Pato dunyodagi eng yaxshi hujumchi bo'la oladi deb o'ylayman. Uning zarbasi kuchli va tezligi ham juda yuqori. U oddiy atletdan ikki barobar tezroq harakatlanadi. Uni Ronaldo bilan taqqoslashim mumkin, biroq Pato hali ko'p narsani o'rganishi lozim. U to'p bilan ko'p muomalada bo'ladi, lekin uni qabul qilishda ko'ngildagidek harakat qilolmaydi. SHu sababli ham, u etiborliroq bo'lishi lozim. Agar yaqin 10 yil ichida u dunyodagi eng yaxshi forvard bo'lolmasa, bunga qisman uning va qisman murabbiylarning xatosi sabab bo'ladi.

2008/2009 yilgi mavsum braziliyalik uchun top-futboldagi ilk to'laqonli mavsum bo'ldi. Lekin bu narsa milliy chempionatda 15ta gol urishi va doimiy ravishda Braziliya termasiga chaqirilishiga to'sqinlik qilmadi.

Aynan shu paytda hamma bir to'xtamga kelgandi: Evropada yangi super yulduz paydo bo'ldi. Yil oxirlarida Aleshandre "Golden Boy" sovrinini (21 yoshgacha bo'lganlar orasidagi eng yaxshi o'yinchiga) va A Seriyaning eng yaxshi yosh o'yinchisi uchun mukofotini qo'lga kiritdi. Pato kelasi ikki mavsumni juda yaxshi o'tkazdi: A Seriyaning har o'yinida o'rtacha yarimta gol.

"Milan"ning yangi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri ham braziliyalik o'yinchi haqida iliq so'zlarni aytishdan charchamadi: "Pato "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishi uchun imkoniyatlari etarli".

Futbolchi asta-sekin Italiyadagi kuchli himoyachilarga ko'nika boshladi. Biroq bu ish jarohatsiz bitmadi. 2011/2012 yilgi mavsumgacha hammasi yaxshi edi. Pato boshlang'ich tarkibdan o'rin egallamadi. Buning rasmiy sababi jarohati tufayli deyilgan bo'lsa-da, OAV faol ravishda o'yinchining noprofessionalligi deya bong urdi: kechikish, tartibni buzish va h.k.

Aleshandre o'sha kezlari "Milan"ning o'sha vaqtdagi xo'jayinining qizi Barbara Berluskoni bilan uchrasha boshladi. OAV xabariga ko'ra, bu narsa Allegriga unchalik ham yoqmagan ekan. Sababi Pato ishqiy munosabatlarga juda berilib ketgan va o'yini ancha sustlashgan. Bundan tashqari, Barbara klub direktorlari kengashi azosi edi. SHu sababli, Patoning jamoadoshlari bilan bo'lgan munosabati ham yomonlashgan. Barbara jurnalistlarning "futbolchiga qanday "imtiyoz"lar berilgan?" kabi savollariga keskin inkor javoblarini bergan: "Milan" rahbari sifatida Aleshandre men uchun klubning boshqa o'yinchilaridan farq qilmaydi".

Biroz vaqt o'tib, futbolchi o'yin qaydnomalariga kiritilmay qo'ydi va 2013 yil yanvarida Braziliyaga qaytdi. O'shanda 24 yoshda edi. SHunday qilib, mega-iqtidorli braziliyalikning top-faoliyati yakuniga etdi. U 3 yil davomida Braziliyada o'ynadi. Ammo hatto, "Korintians"da asosiy tarkib futbolchisi bo'lolmadi. Pato 2016 yil Evropa futboli tomon qaytishga qaror qildi  — "CHelsi" uni yarim yilga ijaraga oldi. "Ko'klar"ning murabbiyi Gus Xiddink ham Aleshandre haqida maqtovli gaplar aytdi: "Agar u o'ynashni xohlasa, menimcha, u bunday yo'l tutmasdi va APLga ko'chib o'tardi. U hammasiga oddiyroq munosabatda bo'lishi va hayot davom etadi deb, "CHelsi" unga barcha shubhalarni yo'qqa chiqarish imkonini taqdim etishiini tan olishi mumkin. SHuningdek, u Braziliyada qolishi ham mumkin edi, hurmatni saqlagan holda aytishimiz mumkinki, mahalliy chempionat darajasi Angliyadagidan keskin farq qiladi. Tumanli albionda tezlik yuqori, taqvim tig'izroq, tiklanishga vaqt kamroq. SHunday ekan Pato ijaraga o'tishga qaror qilganini alohida qayd etib o'tish lozim. Biz uning jismoniy holatini tahlil qilamiz. Qisqa muddatda u maydonga tushishi uchun qancha vaqt talab qilinishini tushunib olamiz".

Pato yarim yil mobaynida "CHelsi"ning atigi 2ta bahsida maydonga tushdi, 1ta gol urdi va yangi jamoa izlashga tushdi. Hech narsaga qaramay, "Vilyarreal" o'yinchiga ishonch bildirdi. Ispaniya chempionati APL kabi tezkor emas hamda A Seriya kabi taktik qiyin emas. Bu esa tezkor va texnik forvard uchun ayni muddao edi. Biroq Pato murabbiyning ishonchini oqlolmadi: LaLiganing 16 uchrashuvida atigi 2ta gol urdi. Bir kuni "Vilyarreal"ga Xitoydan taklif tushdi. Klub rahbariyati esa bir zum ham o'ylab o'tirmay, futbolchini "Tyanczin Tyanxay"ga berib yubordi.

Pato Xitoyda 2 yil to'p tepdi va yiliga 10 mln evro topdi. SHartnoma muddati tugagandan keyin yana Braziliya tomon yo'l oldi. Lekin "San-Paulu" ham Aleshandrening faoliyatidagi so'nggi klub bo'lmadi. Bugungi kunda u MLSda "Orlando Siti" sharafini himoya qilmoqda. To'g'rirog'i, jarohati sabab zaxira o'rindig'ida "dam olmoqda". Noyob istedodi orqali istalgan top-klubda asosiy futbolchi bo'lishi mumkin bo'lgan Pato bugungi kunda mana shunday hayot kechirmoqda. Ha, "noyob iqtidor" sizga "muvaffaqiyatli karera"ni vada qilmaydi. Axir muvaffaqiyatga erishish uchun iqtidorning o'zi kamlik qiladi!

Aleshandre Pato o'zining infantilizm va noprofessionalligi tufayli ajoyib va buyuk futbolchi bo'lish imkoniyatini qo'ldan boy bergan o'yinchilardan biri. Bu juda achinarli holat...


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика