Aleksis Sanches: "Men qafasdagi sher kabiman"
05 mar 2021 09:22
Yangiliklar


Aleksis Sanches: "Men qafasdagi sher kabiman"
"Inter" futbolchisi Aleksis Sanches "Parma"ga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng (2:1) o'z fikrlarini bildirdi.
"Bu qiyin o'yin edi. "Parma" ham biz kabi yaxshi harakat qildi. Ammo biz "Skudetto" uchun kurashmoqdamiz va to'g'ri yo'ldamiz.
Ajoyib muhitni his qilyapmiz. Men katta tajribaga ega futbolchiman. Murabbiy ham menga ishonyapti va men bundan xursandman. Doimo yuz foiz kuch bilan o'ynashga tayyorman. Men qafasdagi sher kabiman. Qancha ko'p o'ynasam, o'zimni shuncha yaxshi his qilaman. Futbol o'ynashni boshlaganimdan buyon shunday", - dedi Sanches.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar