Aleksis Italiyaga qaytishi mumkin
17 mar 2019 10:29
Yangiliklar
Aleksis Italiyaga qaytishi mumkin
"Manchester Yunayted" hujumchisi Aleksis Sanches faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
Calciomercato xabariga ko'ra, chililik futbolchiga "Yuventus" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Transferga futbolchining MYUdagi yuqori maoshi halaqit qilishi mumkin. Ayni damda u haftasiga 450 ming funt maosh olmoqda.
Sanches ushbu mavsumda jamoasi tarkibida 23 o'yinda qatnashdi va 2 gol urib, 4 golga assistentlik qildi. Uning jamoa bilan shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan. 30 yoshli futbolchi bunga qadar Italiyaning "Udineze" jamoasida ham faoliyat olib borgan.
Fikrlar