So’nggi yangiliklar

10:40Али Ашур: “Ўйинчиларимдан хурсандман, 0:0 ҳисобидан хурсанд эмасман”  0 10:13Аргентина терма жамоаси ЖЧ-2026 либосини тақдим этди  2 09:45"Бу ёлғон". Ламин Ямал соғлиғидаги муаммолари ҳақидаги миш-мишларга жавоб берди  0 09:16Sofascore. Кечаги учрашувда "Андижон" жамоасидан ким энг катта баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:48EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  1 08:20Максим Шацких: “Биз рекорд сари боряпмиз”  8 08:15ОЧЛ-2. "Ал Ҳалдия" – "Андижон" 0:0  2 07:53Sofascore. Ўсмирларимиз кечаги супер ғалабадан сўнг неча баҳога лойиқ кўрилдилар?  5 07:28ОЧЛ 2. "Ал Насср"да йирик ғалаба, Ашурматов энг зўрлардан бири бўлган баҳсда "Истиқлол" дуранг ўйнади ва қўшниларимизда мағлубият  0 03:10ЕЧЛ. "Интер" "Қайрат"ни енгди, "Бенфика" "Байер"га ютқазди ва бошқа натижалар  1 03:00ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади  56 03:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Боруссия Д"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди. Ҳусанов захирада қолди  14 01:24ЕЧЛ. "Қорабоғ" "Челси" билан дуранг ўйнади, "Вильярреал" "Пафос"га ютқазди  3 00:45Про лига. "Олимпик-MobiUz" ва "Локомотив" ўртасидаги учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 00:35Лионель Месси МЛС 2025 йилнинг рамзий терма жамоасига киритилди  2

Aleksandr Zinchenko:Ufa muxlislari hamisha qalbimda qolishadi Yangiliklar

Aleksandr Zinchenko:Ufa muxlislari hamisha qalbimda qolishadi

O'tgan haftada Rossiyaning Ufa klubi yarim himoyachisi Aleksandr Zinchenko Angliyaning Manchester Siti klubi azosiga aylandi.

U shaharliklar bilan besh yillik shartnoma imzoladi. Malumotlarga qaraganda, manches­terliklar Ukraina terma jamoasi azosi hisoblangan futbolchini PSVga ijaraga berishadi. Manchesterga borishi bilanoq Zinchenko Championat.com saytiga intervyu berdi.

- Aleksandr, tabriklarimizni qabul qiling. Ayni paytda nimalarni his qilyapsiz?


- Rahmat. Extiroslar junbushga kelgan. Lekin Angliya klubiga o'tish bilan hammasi tugamadi. Hali oldimda katta mehnat turibdi.

- Ufadan Manchester Sitiga o'tish - bunga ishonish qiyin. Bir tomondan haqiqat, boshqa jihatdan esa, fantastika. SHu fikrga qo'shilasizmi?


- Bu o'rinda ikki xil fikr bo'lishi mumkin emas. Siti jahonning eng kuchli klublaridan biri. SHu jamoa azosiga aylanganimdan xursandman. To'g'risi, bugun tug'ilgan kunimdagidan ham ko'proq tabriklar qabul qildim (kuladi).

- Yaqingacha, Siti futbolchilarining o'yinlarini televizor orqali tomosha qilardingiz. Ertaga esa, ular bilan birga mashg'ulotga kirishasiz. Mazkur jamoa o'yinchilaridan eng yoqtirganingiz kim?


- Bu klubdagi har bir futbolchi borasida iliq fikr bildirsa bo'ladi. CHunki ularning barchasi yuqori saviyadagi futbolchilar. Lekin baribir David Silva va Fernandinolarning o'yinlariga qo'proq etibor beraman.


- Gvardiola bilan ishlash ajo­yibmi? U haqda qanday fikrdasiz?

- Bir so'z bilan tariflaydigan bo'lsam: u jahoning eng yaxshi murabbiyi. U bilan ishga kirishishni astoydil kutyapman.

- Uning tiki-takasi haqida qanday fikrdasiz? Bunday futbolga moslasha olishingizga ishonasizmi?


- Umid qilamanki, ha. Umuman olganda, menga shunday o'yin uslubi yoqadi.

- Baribir qandaydir hadiksirash bormi? Har holda shunday mashhur murabbiy bilan ishlaysiz...

- Hech qanday xadiksirash yo'q. Aksincha, jamoa bilan tanishishni intizorlik bilan kutyapman.

- Ingliz tili borasidagi bilimlaringiz qanday?


- O'z fikrimni tushuntira olaman. Lekin hali ko'p o'rganishim kerak. O'qishim shart. Busiz bo'lmaydi.

- Yangi mavsumdagi maqsadlaringiz...


- Asosiysi, yangi jamoa, yangi sharoitlarga moslashib olish. Albatta, plankani ham maksimal balandlikka qo'yaman.

- Matbuotda agentlaringiz haqida ko'p gap-so'z bo'ldi. Ayrimlari intervyu ham berishdi. Umuman olganda, nechta agentingiz bor?


- Ikki nafar. Yuriy Gavrilov va uning yordamchisi Anatoliy Patuk. U yuridik masalalar bilan shug'ullanadi. Boshqalarning esa, menga, umuman, aloqasi yo'q. SHuni alohida aytishim mumkin, shartnoma imzolayotganimda Anatoliy men bilan birga bo'ldi.


- Aytishlaricha, kelishuvingiz detallarini ikki oy muhokama qilishgan. Bu Evropa chempionati paytida xalaqit bermadimi?

- Umuman, bu vaqtda mening bor etiborim Ukraina terma jamoasi o'yinlariga qaratilgandi.

- Ketish oldidan Ufa muxlislariga tilaklaringiz. Ular sizga nisbatan yaxshi munosabatda bo'lishgan...


- Bu ayni haqiqat. Ufa jamoasining barcha muxlislariga minnatdorchilik bildiraman. Ular meni yaxshi ko'rishardi. SHu bois ham hamisha qalbimda qolishadi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика