So’nggi yangiliklar

19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  1 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  2 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  15 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   10 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  3 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0

Aleksandr Xomyakov: "Legionerlar bilan xayrlashish rejamizda yo'q" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Legionerlar bilan xayrlashish rejamizda yo'q"

O'zbekiston Coca-Cola kubogi musobaqasining guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Metallurg" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.





O'yin haqida

- O'yin to'liq rejamizdagi kabi o'tdi deya olmayman. G'alaba qozonish yaxshi albatta, lekin o'yindan to'liq qoniqish hosil qilmadim. Hujumda va to'p nazoratida bizga aniqlik etishmagan xolatlar uchrab turdi. Bugungi o'yinda o'yin amaliyoti kamroq bo'lgan futbolchilar tarkibimizda bor edi.

- "Mashal" legionerlardan biri bilan xayrlashishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Siz jamoangizdagi legionerlar faoliyatidan qoniqish hosil qilayapsizmi?


- Bizda legionerlar bilan xayrlashish rejasi yo'q. Barcha futbolchilar mavsum davomida bizga kerak. Ayrim futbolchilarni ko'rsayotgan o'yini ko'ngildagidek bo'lmasligi mumkin. Lekin ular futbol uchrashuvlari davomida kuchayib borishadi, o'yin amaliyoti ularni yanada kuchli qiladi.

- Garchi bugun "Mashal" g'alabaga erishgan bo'lsa ham o'z uyida ikkinchi jamoa sifatida harakatlandi. Bunga munosabatingiz qanday?


- Aytib o'tdim, bugungi o'yinimizdan qoniqish hosil qilganim yo'q. Eng muhimi bugungi o'yinda bazi rejalarimiz amalga oshdi. Bizga hujumda aniqlik etishmagan xolatlar uchradi. Xuddi shu kabi vaziyatlar raqibda ham ko'rindi.

- "Mashal"da uzoq masofadan darvozaga zarba yo'llaydigan futbolchi ko'rinmayapti...


- Bugun ko'rgan bo'lsangiz Qo'ziev bir necha bor uzoqdan raqib darvozasiga zarba yo'lladi. Bunday futbolchilar bizda bor. Eng muhimi natijaga erishdik, g'alaba bilan barchani tabriklayman.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика