So’nggi yangiliklar

20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  0 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  0 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  4 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  1 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  3 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  4 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  10 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  16

Aleksandr Xomyakov: "Ikkinchi goldan so'ng xotirjamlikka berildik" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Ikkinchi goldan so'ng xotirjamlikka berildik"

Superliganing 5-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Andijon" (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida...

- Birinchi navbatda muxlislarga bizni qo'llab-quvvatlaganliklari uchun raxmat aytaman. SHuningdek, bugungi ajoyib g'alaba uchun jamoa futbolchilariga minnatdorchilik bildiraman.

O'yin haqida aytadigan bo'lsam, birinchi golni urdik, keyin ikkinchisini ham. SHundan keyin hushyorlikni yo'qotdik, bazi vaziyatlarda xotirjamlikka berildik. Zaxiradan yangi kuchlarni maydonga tashladik, kuchga to'la futbolchilar o'yinimizni yanada kuchaytirishi kerak edi, biroq unday bo'lmadi. Markazni boy berib qo'ydik. "Lokomotiv" juda yaxshi shakllanib borayotgan kuchli jamoa. Balki ular o'yinning oxirigacha kurashganliklari bizga pand bergandir. 

Umumiy aytadigan bo'lsam, bugun ko'rsatgan o'yinimizdan qoniqdim. Yigitlarga rahmat.

- Zaxiradan o'yinga qo'shilgan futbolchilar jamoa o'yinini kuchaytirib yubormayapti. "Surxon"ga qarshi uchrashuvda shu kabi holat ko'ringandi. Buning sababi nimada?

- Zaxiralarni avvaldan tayyorlangan reja asosida amalga oshiramiz. To'g'ri aytdingiz, "Surxon" bilan o'yinda ham zaxiralardan so'ng jamoa o'yinida pasayish kuzatildi. Balki bu hisob bilan bog'liq xotirjamlikdir. Bu borada ishlaymiz.

- "Andijon" mavsumni juda yaxshi boshladi. "Bunyodkor"ni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi, "Nasaf"dan ochko oldi. Bugun ham g'alabaga erishdi. Sizningcha, ushbu barqarorlik qancha muddat davom etadi? CHunki, ikkinchi davrada jismoniy xolat asosiy jihatga aylanib qoladi, bilasiz...

- Kamchiliklarimiz yo'q emas. G'alabalarga erishayapmiz, hozir endigina 5-tur. Oldinda uzoq mavsum bor. Barcha jihatlarni hisobgv olamiz. Jamoa tarkibida sifatli o'yin namoyish etadigan futbolchilar bor. Biz o'yinlar davomida kuchayib borishimiz kerak. Hozir chempionat yakuni haqida oldindan biron fikr aytib bo'lmaydi. Ishlashda davom etishimiz zarur.


Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика