Aleksandr Volkov: "O'zbek futboli yuzi uchun ham o'ynadik"
24 apr 2014 08:03
Yangiliklar
Aleksandr Volkov: "O'zbek futboli yuzi uchun ham o'ynadik"
“Al-Jaish” – “Bunyodkor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida “qaldirg'ochlar” ustozining fikrlari quyidagicha bo'ldi:
- O'yinoldi matbuot anjumanida “Al-Jaish” g'alaba uchun o'ynaydi, deb aytib o'tgandim. Avvalo raqib azolarining bizga taklif qilgan hujumkor o'yini uchun minnatdorchilik bildirib o'taman. Hisobni o'yin startidayoq ochdik. Bu esa arablarning yanada tajavvuzkor o'ynashiga olib keldi. “Al-Jaish” hisobni tenglashtirishgach, raqib tablodagi hisobga ishonib, ortda chekindi. Bu albatta jazosiz qolmadi. G'alabadan xursandman. O'ylashimcha, “Al-Jaish”ga Osiyo CHempionlar ligasidagi tajriba etishmadi. Bizga esa, aksincha bu jihat qo'l keldi. “Bunyodkor”ning OCHLda yoqimli ananasini davom ettirganimizdan baxtiyormiz.
- Aytingchi, g'alaba nimaning hisobiga qo'lga kiritildi, deb o'ylaysiz?
- Bizda ishtiyoq kuchli bo'ldi. Ishonch ham. O'yindan oldin futbolchilar bilan suhbatlashganimizda biz nafaqat “Bunyodkor” uchun, balki butun boshli O'zbekiston futboli shani uchun kurashishga kelishib olgandik. Agarda g'alaba qozona olsak, bu yurtimizning Osiyo maydonlaridagi yuzi ekanligini juda yaxshi his etdik. Kelasi yilgi Osiyo CHempionlar ligasi kvotasi uchun ham harakat qildik. Yurtimizda “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Nasaf” kabi klublar ham OCHLda ishtirok etishga loyiq. O'ylaymanki, kelasi yilgi OFK O'zbekistonga kvotalar ajratishda etiborliroq bo'ladi.
- O'yin Siz o'ylagan reja asosida o'tdimi yoki kutilmagan burilishlar yuz berdimi?
- Futbolda avvaldan biron nimani reja qilib bo'lmaydi. Biz yutishni istadik va g'alaba qozondik. Boshqa narsa haqida o'ylashdan endi nima naf?

Fikrlar