Eldor SHomurodov jamoasiga "Ayaks"dan himoyachi keldi
24 jan 13:15
Yangiliklar


Eldor SHomurodov jamoasiga "Ayaks"dan himoyachi keldi
"Roma" matbuot xizmati "Ayaks" himoyachisi Devayn Rench transferini elon qildi.
22 yoshli niderlandiyalik futbolchi bilan 2029 yilning yoziga qadar shartnoma imzolandi. Transfer 5 mln evroni tashkil qildi. Himoyachi Rim klubida 2-raqamda harakat qiladi.
Rench – "Ayaks" akademiyasi tarbiyalanuvchisi. Futbolchi 2020 yildan buyon Amsterdam jamoasining asosiy jamoasida 100 dan ortiq o'yin o'tkazishga muvaffaq bo'lgan. Niderlandiya terma jamoasida 1 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar