Aleksandr Volkov: "Al Hilol"ni chorak finalga chiqqani bilan tabriklayman"
15 may 2014 08:12
Yangiliklar
Aleksandr Volkov: "Al Hilol"ni chorak finalga chiqqani bilan tabriklayman"
OCH 1/8 finali javob bahsi doirasidagi "Al Hilol" - "Bunyodkor" (3:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Aleksandr Volkov ishtirok etdi.
- "Al Hilol"ni 1/4 finalga chiqqani bilan tabriklayman. Ular haqli g'alabaga erishishdi, - deb gap boshladi Volkov.
- Himoya chizig'ingiz haqida nima deya olasiz? Bugun ular ko'plab vaziyatlarda "Al Hilol" hujumchilariga imkon berishdi. Bundan tashqari qanot yarim himoyachilari ham o'ynay olishmadi.
- Biz oldindan rejalashtirgan harakatlarni amalga oshira olmadik. Men himoya yoki qanot yarim himoyachilarini alohida gapirmoqchi emasman. Yutqazdikmi demak butun jamoa xato qildi. Bunday muhitda yosh futbolchilarimiz biroz hayajonlanishgani sezildi. Bazi futbolchilarimiz ilk bor bunchalik ko'p muxlis oldida to'p tepishdi.
- Siz ishlab chiqqan rejani amalga oshirishga nima to'sqinlik qildi? Futbolchilaringiz amalga oshira bilishmadimi yoki siz ularga buni etkazib bera olmadingizmi?
- Bahs ko'rsatib berdi, biz o'zimiz istaganchalik o'ynay olmadik. Bunga albatta mezbonlar ham imkon berishmadi. Doim bajarib kelgan ishimizni yanada kuchaytirishimizni aytgandim. Ammo buni bajara olmadik.
"Al Hilol" uchun xursandman. "Al Ittihod"ni emas aynan shu jamoa muxlisiga aylandim. Keyingi o'yinlarda jamoaga omad tilayman. OCHLda g'olib chiqish uchun asosiy davogar aynan "Al Hilol", - deb o'z fikrlarini tugatdi Aleksandr Volkov.
Xabar "Bunyodkor" matbuot xizmati yordamida tayyorlandi.

Fikrlar