So’nggi yangiliklar

23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  4 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  6 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19

Aleksandr Mochinov yangi jamoasi va Kuvaytda bolalar futboliga etibor xususida nimalar dedi? Yangiliklar

Aleksandr Mochinov yangi jamoasi va Kuvaytda bolalar futboliga etibor xususida nimalar dedi?

Xabaringiz bor, avvalroq saytimiz orqali Aleksandr Mochinovni Kuvaytda ish boshlagani borasida xabar bergandik.

Mutaxassis bilan suhbatlashish vaqtida uni yangi jamoasi borasidagi o'z fikrlariga quloq tutdik.

- Ko'pchilikka malum, 2019 yilda Kuvaytning “Kadisiya” jamoasi akademiyasida ishladim. Mazkur jamoa bilan shartnomam yakunlanishi arafasida menga “Al-Nasr”dan taklif kelib tushdi. O'sha klub prezidenti va direktorlari bilan ko'rishdim va sharoitlari bilan tanishib chiqqandim. Deyarli kelishuvga erishgandik. SHu orada mamlakatda pandemiya boshlangani tufayli barcha ommaviy tadbir va musobaqalar to'xatildi. Men esa oilam bilan birgalikda to'rt oy karantinda qolib ketdik. SHundan so'ng oilam bilan Rossiyaga qaytdim. 2021 yilning avgustiga kelib Kuvaytda barcha musobaqalarni o'tkazishga ruhsat berildi. SHu orada “Al-Nasr” menga bilan aloqaga chiqib, shartnoma taklif qildi. Yaqinda Kuvaytga etib keldim. Klub bilan bir yillik shartnoma imzoladim.

Hozirda yangi jamoamda U-15 va U-17 jamoalarida ishlash va tarkibdagi iqtidorli bolalarni U-20 va asosiy tarkibga jalb qilish hisoblanadi. Hozirda chempionat tasdiqlangani yo'q. SHunga qaramay, federaciya norasmiy turnir tashkil qilib berdi. Ikki guruhga bo'lingan holda o'rtoqlik uchrashuvlari shaklida turnir o'tkaziladi. SHu tariqa, chempionatga tayyorgarlik ko'ramiz.

Kuvaytda bolalar futboliga etibor juda katta. Har bir jamoada iqtidorli bolalar bor. Hozirgi klubimda kelajagi bor bolalar ko'pchilikni tashkil qiladi. Avvalgi jamoamda ham bor, lekin ular sanoqli edi.

Maoshlar borasida shuni ayta olamanki, Kuvaytning bolalar futbolida xorijdan kelgan murabbiylar faoliyat ko'rsatadi. SHunisi aniqki, ular yaxshigina maosh evaziga kelib, ish yuritmoqda", - dedi Aleksandr Mochinov. 



Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика