So’nggi yangiliklar

12:25"Бешиктош"га янги мураббий тайинланди  0 12:01Шотландия клуби Қозоғистон терма жамоасининг икки футболчисини кузатмоқда  0 11:37Эдерсон 13-14 млн евро эвазига "Фенербахче"га ўтмоқда — Here We Go!  1 10:45"Милан" Адриен Рабьони сотиб олади  0 10:17ПСЖ футболчи фаолиятини "Фенербахче"да давом эттиришга яқин  0 09:48"Манчестер Сити" футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  3 09:21Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳо олишди?  7 08:52Ўзбекистон U-23 терма жамоаси сафида ўзгариш юз берди  1 08:25Sofascore. Кеча асосий таркибда майдонга тушган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 07:57Here we go! "Ливерпуль" АПЛ тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширмоқда  9 07:25"Сиэтл Саундерс" Лига кубогининг финалида Месси бошчилидаги "Интер Майами"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  23 02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  36 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  3 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  4

Aleksandr Mochinov: BAAga qarshi o'yinlar doim mazmunli va kurashga boy tarzda o'tadi Yangiliklar

Aleksandr Mochinov: BAAga qarshi o'yinlar doim mazmunli va kurashga boy tarzda o'tadi

Teglar :  O'zbekistonMochinov
O'zbekiston U-19 – BAA U-19 (1:0) o'rtasidagi o'rtoqlik o'yinidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Mochinov o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Bu kabi xalqaro o'rtoqlik o'yinlarini tashkil qilgani uchun O'FF rahbariyatiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.  SHuningdek, BAA Futbol Uyushmasiga ham tashakkur aytaman. Bu yil BAA yoshlari bilan ikkinchi bor to'qnash kelmoqdamiz. Ularga qarshi o'yinlar doim mazmunli va kurashga boy tarzda o'tadi.

Umuman olganda, bugungi bellashuv qiziqarli o'tdi: penaltilar bo'ldi, chetlatishlar, kurashlar. Men hakamlar qarorini muhokama qilmayman va buni yoqtirmayman. Jasur Rahimovning qoshi yorildi va u darhol shifoxonaga yuboirldi. Uning holati og'ir emas. Futbolchi bugunning o'zida jamoa safiga kelib qo'shiladi.

Futbolchilar hali yosh va hujumda o'zini biroz yo'qotib qo'yadi. Birga-bir vaziyatlardan unumli foydalanmaganini shu bilan izohlash mumkin. Himoyada ham shunday. BAA yoshlar termasi ham shunday muammolarga duch kelganini ko'rdik.

Saralash o'yinlari oldidan himoya chizig'idan xavotirim bor. Ko'plab o'yinlarni o'rganib, tahlil qildik. SHuning uchun, himoyaga etiborni qaratamiz. OCH saralashidagi raqiblar haqida malumotlar topish qiyin, ammo ular bor. Imkon qadar raqiblar haqida malumot to'plashga harakat qilyapmiz”, – dedi Aleksandr Mochinov.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика