So’nggi yangiliklar

13:58"Бу Эрон терма жамоасида "олтин авлод"нинг охирги даври бўлиши мумкин" — эронлик журналист  0 13:32Эрон ҳамда Ўзбекистон ўртасидаги финални ким бошқариб боради?  5 13:12Ямаль Туркияда паспортини йўқотди  5 12:56Осиёнинг 2007 йилдаги энг яхши мураббийи Рауф Инилеев 75 ёшда!  3 12:35ФИФА офсайднинг янги қоидасини тасдиқлади  17 12:06Моуринью "Фенербахче"дан ишдан бўшатилишининг асл сабаби маълум  1 11:39Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин бошлади: олдинда Черногория ва Венгрия билан ўйинлар бор  7 11:00"Милан" футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  0 10:31Холанд автобусдан тушаётганда жароҳат олди  5 10:05Уругвай терма жамоаси аъзоси "Неом"га ўтмоқда  1 09:37Гвардиола "Ман Сити"дан қайси футболчининг кетганидан афсусда эканлигини айтди  1 09:12Лига "Локомотив" стадионидаги қурилиш ишлари билан танишди  0 08:41Эржан Токотаев: “Ўзимни анча яхши ҳис қиляпман”  2 08:08Бугун финал!  12 07:40ФИФА президенти юртимизга етиб келди  17

Aleksandr Lobanov: "To'pni tanam bilan yopib turgan bo'lsam, qanday qilib yon hakam to'p chiziqni kesib o'tganini ko'rishi mumkin?" Yangiliklar

Aleksandr Lobanov: "To'pni tanam bilan yopib turgan bo'lsam, qanday qilib yon hakam to'p chiziqni kesib o'tganini ko'rishi mumkin?"

Coca Cola Superligasi 18-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Metallurg" (2:1) uchrashuvi yakunlandi.

O'yindan so'ng "Metallurg" darvozaboni Aleksandr Lobanovdan ushbu uchrashuvda "Paxtakor" tomonidan kiritilgan ikkinchi gol haqida so'radik. Malumot uchun, o'sha vaziyatda Abbosbek Fayzullaev boshi bilan bergan zarbasidan so'ng uchrashuv bosh hakami to'p darvoza chizig'ini kesib o'tdi deb topdi va maydon markazini ko'rsatdi.

- Ikkinchi gol haqida gapira olasizmi?

- Albatta, muammosiz. U vaziyat 100% gol emas edi. Sababi, men darvoza chizig'ini ko'rdim. Men qaerda turganimni ham aniq ko'rib turgandim.  Bu albatta meni fikrim. To'pni tanam bilan yopib turgan bo'lsam, qanday qilib yon hakam to'p chiziqni kesib o'tganini ko'rishi mumkin? U mening ortimda turgandi. Qanday qilib yon hakam 30 metr masofadan turib to'p chiziqni kesib o'tganini ko'rishi mumkin? Bosh hakam vaziyatni ko'rmadi, yon hakam ko'rdi. Bosh hakam o'yinni davom ettirayotgandi. Kattagina savol: "Yon hakam qanday qilib buncha masofadan men tanam bilan to'sib turgan to'pni ichkariga kirib ketganini ko'rishi mumkin? Buni yaxshisi uning o'zidan so'ragan maqul.

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика