So’nggi yangiliklar

17:34АПЛнинг икки клуби "Манчестер Сити" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 17:06"Пахтакор" йирик агентлик мижози бўлган ироқлик футболчига кўз тикди  4 16:40Расман: "Арсенал" АПЛ клуби сардорини қўлга киритди  2 16:24Суперлиганинг 2 та клуби Ироқ терма жамоаси хавбекига даъвогарлик қилмоқда  3 16:03"Насаф" 3 та позицияга легионер олиб келади  7 15:41Ҳожимат Эркинов собиқ клуби ҳакамларни сотиб олишда айбланиб чемпионатдан четлаштирилди  4 15:15Суперлига-2025. Биринчи даврада мураббийлар томонидан айтилган фикрлардан сара иқтибослар   2 15:01"Олимпик" вакиллари 2 ойдан бери маош олишмаяпти  3 14:53"Олимпик"ка бош мураббий тайинланди  6 14:33Маскерано: "Мен учун Месси – футбол тарихидаги энг яхши футболчи"  11 14:05ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон 55-ўринга кўтарилди  20 13:43"Шўртан" 4 нафар футболчиси билан хайрлашди  2 13:22Милитао: "Реал" учун қаттиқ ишлашда давом этиш муҳим"  6 12:53"Комо" "Манчестер Сити" футболчиси ҳуқуқларига эга чиқиши мумкин  1 12:25"Интер" "Челси" ҳужумчисини сотиб олмоқчи  2

Aleksandr Lobanov "Lokomotiv" mag'lub etilgach nimalar dedi? Yangiliklar

Aleksandr Lobanov "Lokomotiv" mag'lub etilgach nimalar dedi?

Toshkent derbisi qahramonlaridan biriga aylangan Aleksandr Lobanovning o'yin haqidagi fikrlaridan bahramand bo'ling.

- Bu ikki kuchli jamoa o'rtasidagi keskin to'qnashuv edi. Biz buni bilardik va shunga yarasha hozirlik ko'rdik. O'yin juda yuqori suratda o'tdi. Bellashuvda g'alaba biz uchun juda muhim edi. Yutuq bizga chempionlik uchun kichik imkoniyatni taqdim etardi. Yakunda g'alaba qozonganimizdan juda xursandman.

Jamoani gollardan asrab qolganim? Darvozabonlar har bir uchrashuvda buni istashadi. Qachondir bunga erishasan, boshqa paytda esa yo'q. Bunday o'yinlarda dastlabki vaziyatga ko'p narsa bog'liq. Ilk xavfli zarbani qaytarsang, ishonch paydo bo'ladi. Terma jamoaga nomzod ikki darvozabonlar o'yinini ko'rdik. Ignatiy juda yaxshi harakat qildi va jamoasini qutqardi. Golda esa jamoa xatoga yo'l qo'ydi. Bellashuv birinchi xatogacha borayotgandi.

Stadionda ajoyib muhitni ko'rdik. Muhimi, to'rt tribunadan uchtasi "Paxtakor"ga muxlislik qilgani bo'ldi. Ular bizni ajoyib qo'llab-quvvatlashdi. Ishqibozlarning bir olqishi jamoaga qo'shimcha kuch berib, yanada faol o'ynashga chorladi. Muxlislardan stadionga kelishni so'rab qolaman. Ular bilan futbol yanada go'zallashadi, - deydi Lobanov.


Reyting: -24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика