Aleksandr Ejov: "Muammolarga qaramay futbolchilarim iroda ko'rsata olishdi"
26 noy 2020 14:37
Yangiliklar


Aleksandr Ejov: "Muammolarga qaramay futbolchilarim iroda ko'rsata olishdi"
"Og'ir mavsum va qiyin kunlarni boshimizdan o'tkazganimizga qaramasdan yigitlar bugun iroda ko'rsata olishdi. Qiziqarli muxlislarga yoqadigan o'yin bo'ldi. G'alaba bilan yigitlarni tabriklayman. Hissiyotlarga va asabiylashishlarga boy o'yin o'tdi. Avval ham aytganman sen urmasang senga urishadi. Muammolarga qaramay futbolchilar maydonga chiqib kurashmoqda. Tarkibimizda jarohat olganlar ko'p.
Hujumchilarimizga mahorat etishmayapti. Oxirgi nuqta qo'yishda qiynalishmoqda. Har bir o'yinda ko'plab vaziyatlar yaratishmoqda. Har bir bahs kuchli bosim ostida kechmoqda.
Habibullo Matyoqubovni ortiqcha maqtamoqchi emasman. Bu salbiy tasir qilishi mumkin. CHunki ushbu holat mentalitetimizga hosdir. Uni maqtasam o'zidan yulduz yasab olishi mumkin. Yana yosh iqtidorli futbolchilar ko'p. Xorazmda doim iqtidorlar etarlicha bo'lgan. Ularning orasida kelajakda Superligada ham o'ynay oladiganlar ham topiladi. Bu borada ishlashda davom etamiz",- deydi Ejov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar