

- Raqiblarni g'alaba bilan tabriklaymiz. Mag'lubiyatdan keyin nima deyish mumkin? Gol urishimiz ham mumkin edi, afsuski o'tkazib yubordik. Dastlabki 10 daqiqalikda e'tiborni yo'qotdik va darvozamizdan to'p olib chiqdik. Bu bizning tempimizga ham ta’sir qildi.
- "Buxoro"ga hujumda agressivlik yetishmadi.
- Siz haqsiz. Bizga agressivlik yetishmadi. Bu yerda hozir bir qancha nyuanslar bor, ayniqsa jarohatlar. Hozir bir qancha futbolchilarimiz jarohatdan qaytgan holda o'ynashdi va shu sababli ularga jismoniy jihatdan kuch yetishmadi. Bunday holatda birdaniga o'yinlarga kirishib ketish oson bo'lmaydi.
- Aleksandr Stanislavlevich qachon tarkibga qaytadi?
- Shifokorlar guruhi bor. Yaqin vaqtlarda uning bu boradagi holatiga aniqlik kiritamiz.
- Qizil kartochka haqida nima deya olasiz, ular o'yinga qanchalik ta’sir qildi. Hakamlik borasida nima deysiz?
- Hakamlarning qo'mitasi bor, ular bu holatni kuzatishadi. Biz oldin o'zimizni yaxshilashimiz kerak. O'yinni taxlil qilamiz, qanday xatolar qilganimizni ko'rib chiqamiz. Qizil kartochka esa istalgan o'yinda ta’sirini o'tkazadi. Bugun durang o'ynashimiz ham mumkin edi. Biroq aytganimdek, gol urish bobida omadimiz kelmayapti. O'yin bobida "Surxon"ga mag'lub bo'lmadik, balki, yaxshiroq ham ko'ringandirmiz.



