“Al-Vahda”da koronavirus bilan bog'liq holatlar aniqlandi, jamoa OCHLda ishtirok eta olmaydi
09 sen 2020 21:05
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/591271_original.jpg)
![](/upload/storage/591271_220.jpg)
“Al-Vahda”da koronavirus bilan bog'liq holatlar aniqlandi, jamoa OCHLda ishtirok eta olmaydi
Manbaga ko'ra, “Al-Vahda”ning bir qator futbolchilari koronavirus bilan kasallangan va BAA tibbiy protokoli talablari tufayli ular karantinga olingan. SHu sabab, jamoa OCHL joriy mavsumida boshqa qatnasholmaydi.
“Natijada “A” guruhida uchta jamoa qoladi: Eronning “Istiqlol”, Saudiyaning “Al-Ahli” va Iroqning “Al-SHorta” jamoalari. OFK chempionlar ligasi reglamentiga ko'ra, bu kabi holatlarda “Al-Vahda” o'tkazgan barcha o'yinlarning natijasi bekor qilinishi kerakligi ko'rsatilgan.
SHunday qilib, A guruhidagi jadval quyidagi ko'rinishda bo'ladi:
1. “Al-Ahli” (S.Arabistoni) – 3 ochko, (to'plar nisbati: 2-1)
2. “Al-SHorta” (Iroq) – 1 ochko, (1-1)
3. “Istiqlol” (Eron) – 1 ochko, (2-3)
Eron jamoasining ikkita o'yin natijasi hisoblangan, saudiyaliklar va iroqliklarda esa bittadan”, deb yozadi o'z sahifasiga Nikimbaev.
Eslatib o'tamiz, mazkur guruhdan keyingi bosqichga chiqadigan jamoalarga “Paxtakor” joy olgan “B” kvartetidagi klublar raqiblik qiladi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar