“Al Jayish”da g'alaba, Romarinoda xet-trik, Rashidov zaxiradan maydonga tushdi
29 okt 2016 10:31
Yangiliklar
“Al Jayish”da g'alaba, Romarinoda xet-trik, Rashidov zaxiradan maydonga tushdi
Terma jamoamiz yarim himoyachisi Sardor Rashidov to'p tepayotgan “Al Jayish” klubi o'z maydonida “Umm Salal”ni qabul qildi. Bu klub Sanjar Tursunovning sobiq jamoasi hisoblanadi.
Uchrashuvda katta tashabbusga ega bo'lgan “Al Jayish” 4:2 hisobida zafar quchdi. CHempionat to'purari Romarino o'yinda xet-trikka erishdi. Yana bir gol Seydu Keyta hisobiga yozildi.
Hamyurtimiz Sardor Rashidov esa 62-daqiqada zaxiradan Ali Sanad o'rniga maydonga tushirildi. Sabri Lyamushi shogirdlari 86-daqiqaga qadar 4:0 hisobida oldinda borayotgandi.
Lekin 86-daqiqada Ismoil Mahmud penaltidan, 89-daqiqada Alef o'yindan gol kiritib, hisobni biroz qisqartirishga muvaffaq bo'lishdi. Turnir jadvalida “Lahviya” va “Al Jayish” klublari 13tadan ochko jamg'arib, peshqadamlik qilishyapti.
Qatar Yulduzlar ligasi. Musobaqa jadvali
Gollar: Romarino 3ta, Seydu Keyta - Ismoil Mahmud 86 penalti, Alef 89
Fikrlar