"Al Ittihod" "Arsenal" himoyachisini xarid qilmoqchi
22 avg 2023 18:27
Yangiliklar
"Al Ittihod" "Arsenal" himoyachisini xarid qilmoqchi
Saudiya arabistonilik jurnalist Ahmad Al Ajlanning xabar berishicha, "Al Ittihod" "Arsenal" himoyachisi Gabriel Magalyaesga qiziqmoqda.
Manbaning takidlashicha, Saudiya Arabistoni klubi prezidenti 25 yoshli braziliyalik futbolchi bilan Londonda uchrashib, transferni muhokama qilgan. Ayni paytda "kanonirlar" bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, "Arsenal" himoyachini sotish niyatida emas. London klubi Magalyaes uchun taxminiy narxni aytishni ham xohlamadi.
Futbolchi 2023/24 yilgi mavsumda 3 ta o'yin o'tkazdi. Uning shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchini 55 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar