"Al Hilol" Brunu Fernandeshga ajoyib taklif bermoqda
07 may 00:21
Yangiliklar


"Al Hilol" Brunu Fernandeshga ajoyib taklif bermoqda
"Al-Hilol" "Manchester Yunayted"ning 30 yoshli yarimhimoyachisi Brunu Fernandeshga yiliga 65 million funt sterling maosh bilan uch yillik shartnoma taklif qildi. Bu haqda Daily Mail nashrida xabar berildi.
Manba malumotlariga ko'ra, hozircha portugaliyalik futbolchi bu taklifga javob bermagan. Saudiya klubi ushbu bitimni 15 iyunda boshlanadigan klublar jahon chempionati oldidan yakunlashni maqsad qilgan.
Takidlanishicha, hujumchi Muhammad Saloh "Liverpul"da qolishga qaror qilganidan so'ng, "Al-Hilol" yulduz o'yinchi izlamoqda. Saudiya klubi misrlik futbolchi uchun mo'ljallangan 500 million funt sterlingni boshqa yirik transferlar uchun sarflashga tayyor.
Joriy mavsumda Fernandesh barcha turnirlarning 52 ta o'yinida ishtirok etib, 19 ta gol urdi va 18 ta gol uzatmasini amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt sayti malumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 25 million evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar