“Al Ahli” delegaciyasi Qarshiga etib keldi
01 mar 2016 08:10
Yangiliklar


“Al Ahli” delegaciyasi Qarshiga etib keldi
Osiyo chempionlari ligasi 2-turida “Nasaf”ga raqiblik qiladigan Saudiya Arabistonining “Al Ahli” futbol klubi delegaciyasi Qarshi shahriga etib keldi.
Jidda-Qarshi charter reysida yurtimizga etib kelgan mehmonlar delegaciyasini “Nasaf” klubi rasmiylari, Saudiya Arabistonining O'zbekistondagi elchixonasi vakillari Qarshi xalqaro aeroportida yuksak hurmat va ehtirom bilan kutib olishdi. SHundan so'ng “Al Ahli” delegaciyasi o'zlari uchun ajratilgan maxsus avtobusda Qarshi shahridagi “Gissarneftgaz” mehmonxonasiga yo'l olishdi.
Eslatib o'tamiz, “Nasaf” – “Al Ahli” uchrashuvi 2 marta, chorshanba kuni soat 18:00 da Qarshi “Markaziy” stadionida boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar