So’nggi yangiliklar

23:50Клублар ўртасидаги ЖЧ финали. "Челси" — ПСЖ 1:0 (матнли трансляция)  31 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  1 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  4 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  14 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  124 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  8 15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  10 15:29Шерзод Жўраев: “Қайси йўналишда бўлса ҳам “Навбаҳор” муваффақиятларига ҳисса қўшиш мен учун шараф”  1

Akrom Komilov: "Urugvaydan kam emasligimizni isbotlamoqchimiz" Yangiliklar

Akrom Komilov: "Urugvaydan kam emasligimizni isbotlamoqchimiz"

Ertaga O'zbkiston milliy terma jamoasi Urugvayda Urugvay terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.

Ushbu o'rtoqlik o'yini oldidan terma jamoamiz himoyachisi Akrom Komilov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Urugvay terma jamoasiga qay darajada tayyorgarlik ko'rdinglar? 

- Urugvay terma jamoasiga jiddiy tayyorgarlik ko'ryapmiz. Murabbiylarimiz kerakli ko'rsatmalarni bermoqda va oldingi o'rtoqlik o'yinidagi yo'l qo'yilgan xatolarni qaytarmaslik ustida ishlayapmiz. To'pni ko'proq o'zimizda ushlab turib qarshi hujumga o'tish ustida mashg'ulot o'tkazyapmiz.

- Urugvay bilan o'yin o'rtoqlik maqomiga ega bo'lsa ham oldinglarga vazifa qo'yildimi?

-  To'g'ri, bu o'rtoqlik o'yini bo'lsa ham bizga Urugvay terma jamoasini mag'lub etish shart, degan vazifa qo'yilgani yo'q. Lekin, ushbu nazorat uchrashuvida o'z o'yinimizni ko'rsatib, ulardan kam emasligimizni isbotlamoqchimiz. SHu o'rinda o'z oldimizga xalqimizni xursand qilish vazifasini qo'yganmiz.

- Urugvay terma jamoasida, Luis Suares, Edinson Kavani, Diego Godin kabi kuchli futbolchilar bor. Ularga qarshi o'yinash siz uchun qanchalik qiziqarli?

- Sanab o'tilgan ushbu futbolchilarga qarshi o'ynash qiziqarli. SHu bilan birga biroz xayajon bo'lishi aniq. Ushbu futbolchilarga qarshi to'p tepish bizning kuchimizga yanada kuch qo'shadi. Barcha futbolchilaridan xavf kutsa bo'ladi. Ular bekorga eng yaxshi jamoalar qatorida yurishmayapti.


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика