Akrom Komilov: "Futbolchilar va murabbiylar klub imidjini ushlab qolishga harakat qilmoqda"
24 apr 2018 15:36
Yangiliklar
Akrom Komilov: "Futbolchilar va murabbiylar klub imidjini ushlab qolishga harakat qilmoqda"
Ushbu turda muxlislar Toshkent derbisiga guvoh bo'ladi. Musobaqa peshqadami "Bunyodkor" o'z uyida "Lokomotiv"ni qabul qiladi. Uchrashuvdan oldin "Bunyodkor" futbolchisi Akrom Komilov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Har doimgidek "Lokomotiv"ga qarshi o'yinga alo darajada tayyorgarlik ko'ryapmiz. Ushbu bahs qiyin bo'lishi aniq, shunga yarasha mashg'ulot o'tkazyapmiz. "Navbahor" bilan bo'lgan o'yin o'tib ketdi. Hakamlar haqida gapirmayman. Uni o'rganib chiqadiganlar bor. Nima bo'lganini barcha ko'rdi. Ortiqcha gapirishga hojat yo'q.
O'yinda har qanday holat bo'lishi mumkin. Lekin, biz ham taslim bo'lmaymiz. So'nggi daqiqagacha kurashamiz. Nasib qilsa o'zimizga kerakli bo'lgan ochkoni qo'lga kiritishga urinamiz. Klub rahbariyati qo'ldan kelgancha moliyaviy tomondan yordam berishmoqda. Lekin, futbolchilar va murabbiylar klub imidjini ushlab qolishga harakat qilmoqda", - deydi Akrom Komilov

Jahongir Sotvoldiev yozib oldi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar