So’nggi yangiliklar

00:45ЕЧЛ. "Боруссия Д" ярим финалнинг дастлабки баҳсида ПСЖни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  14 00:43"Реал" ой ўйинчисини аниқлади. У Винисиус ёки Родриго эмас  0 00:34Эрон. "Персеполис" "Сепахон" билан дуранг қайд этиб, биринчи ўринга кўтарилиб олиш имконияти йўққа чиқарди  0 00:04Ўзбекистон U-23 терма жамоаси финалга тайёргарликни бошлади ГАЛЕРЕЯ  1 23:55Файзуллаевга қизиқаётгани айтилган "Парма" А Серияга қайтди  2 23:32Лунин "Реал Мадрид" билан узоқ муддатли янги шартнома имзолайди  0 22:52Иброҳимҳалил Йўлдошев: "Хурсандчилик ўтиб кетди. Ҳозир финалга тайёргарлик кўряпмиз"  9 22:30U-23 Осиё кубоги. Финалга етакчиларсиз тайёргарлик бошланди  12 22:08Эрон. "Истиқлол" очко йўқотди ва биринчи поғонани хавфда қолдирди. Машарипов деярли тўлиқ ўйнади  0 21:35"МЛС – Месси учун болалар майдончаси"  4 21:15Ўзбекистон Суперлигаси. 6-турда ишлайдиган расмийлар   2 20:55Тухель ЕЧЛда ғолиб бўлган тақдирда ҳам клубдан кетиши аниқ  3 20:38"Барселона" ўйинчиси 2025 йилга қадар сафдан чиқди  2 19:25Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Венгрияга қарши ўртоқлик ўйинлари ўтказади  3 19:06Футбол олами. Хайр, "Насаф", ОКМК ва "Локомотив": Ўзбекистон кубоги гуруҳ босқичи якунлари   3

Akramjon Mamadaliev: "Osiyo Kubogi-2011da eng zo'r muxlislar o'zbekistonliklar bo'lgan" Yangiliklar

Akramjon Mamadaliev: "Osiyo Kubogi-2011da eng zo'r muxlislar o'zbekistonliklar bo'lgan"

2011 yil Qatarda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatiga 11 yil to'ldi.

Esingizdami, Qatarga qarshi ochilish o'yinida Odil Ahmedovning uzoqdan bergan kuchli zarbasi. O'sha musobaqa biz uchun yaxshi o'tgan, negaki O'zbekiston milliy terma jamoasi yakunda 4-o'rinni qo'lga kiritgandi. 

Qatarda o'tkazilgan qita birinchiligiga O'zbekistondan juda ko'p ishqibozlar borgan. SHulardan biri, hozirgi kunda "Qo'qon-1912" futbol klubi matbuot bo'limi rahbari Akramjon Mamadaliev. Akramjon akani ko'pchilik juda yaxshi taniydi. Oxirgi paytlarda u kishini xalqaro musobaqalarda ham tez-tez ko'radigan bo'lib qoldik. Yaqinda Akramjon Mamadaliev bilan suhbatlashib, 11 yil oldingi musobaqani esladik.   


- 2011 yilgi Osiyo Kubogi asosan nimasi bilan esda qolgan? 

-Avvallo O'zbekiston milliy terma jamoasining Osiyo chempionatlaridagi eng yaxshi ishtiroki bilan yodimda qolgan. Musobaqaning ochilish o'yinida muxlislar bilan to'la “Xalifa” stadionida mezbon Qatarni dog'da qoldirganimiz sira esdan chiqmaydi. 

Birinchi marta Osiyo Kubogida O'zbekistondan juda ko'plab muxlislar borib stadionda jamoamizni ajoyib tarzda qo'llab turgan va Osiyo chempionatidagi eng zo'r muxlislar bizning ishqibozlar bo'lgandi. Andijonlik Nodirbek katta do'ppini dunyoga mashhur qilgani ham esimda.

Ko'plab xorijlik jurnalistlar muxlislarimiz haqida ko'rsatuvlar, maqolalar va intervyular tayyorlagan. Qolaversa Qatarda bo'lib o'tgan Osiyo chempionati mening hayotimdagi, o'zim ishtirok etgan birinchi qita birinchiligi bo'lgandi. 

Bunga qadar 2009 yil Misrda bo'lib o'tgan U-20 jahon chempionatiga muxlis sifatida borganman. Qatardagi Osiyo Kubogi Misrda o'tgan jahon chempionati bilan solishtirganda ancha qiziq va tashkiliy tomondan kuchli bo'lgan. Qolaversa Fors ko'rfazida joylashgan Doha shahri o'zining go'zalligi va ozodaligi bilan yaxshi taassurot qoldirgan.

Dohada har qadamda futbol bo'yicha Osiyo chempionati o'tayotganini his qilib turar edingiz. SHahar ko'chalarida, savdo markazlarida, bozorlarda xullas hamma joyda Osiyo chempionati haqidagi turli bannerlarga ko'zingiz tushadi. Stadionlarga kirsangiz, u erdagi manzarani ko'rib maza qilasiz. Stadionlar juda chiroyli bezatilgan edi. Mamalakat osuda va tinch, ko'chalarda yarim kechasi ham bexavotir sayr qilasiz.

Eng zo'ri musobaqa o'tadigan barcha stadionlar bitta shaharda, orasi yaqin edi. Bir o'yindan chiqib, boshqasini tomosha qilishga ham ulgurasiz.  Bitta Ar Rayyan stadioni Dohadan biroz uzoqroqda edi, u ham bo'lsa 30-40 kilometr uzoq edi, xolos.


- Musobaqa darajasi va tashkilotchilik bilan bog'liq masalalar qanday bo'lgan?

-Esingizda bo'lsa, 2010 yil JARda jahon chempionati bo'lib o'tgan edi. O'shanda bizga aytishlaricha, qatarliklar JARdagi jahon chempionati tashkiliy ishlarida xizmat qilgan xodimlarni aytgan maoshlarini to'lab, barchasini Qatarga olib kelishgan ekan. Osiyo chempionatini o'tkazish uchun Qatar juda katta mablag' sarf qilgan va natijada o'z maqsadiga erishgan. Musobaqa jahon chempionatidan ham yuqoriroq saviyada tashkil etilgan. 


- Muxlislar uchun alohida sharoit qilinganmidi?  

- Muxlislar uchun juda ko'p ishlar qilingan edi. Esimda, O'zbekistondan borgan ishqibozlar mehmonxonadan avtobusga o'tirib, policiya mashinalari hamrohligida stadionga borayotganmizda, yo'lning ikki chetida o'zbek tilida “Xush kelibsiz”, “O'zbekiston” kabi yozuvlar, stadionga yaqinlashganda esa yo'lning o'rtasidagi gulzorda o'zbekistonlik sanatkorlar karnay-surnay chalib, qo'shiq kuylab, raqqosalar o'zbekcha raqslarni ijro etib kutib olishgan edi.

O'zga yurtda bularni ko'rish insonga juda ko'tarinki kayfiyat taqdim etadi. Dohada muxlislar uchun alohida fan-zona tashkil qilingan bo'lib, u erda har kuni turli mamlakatlarning kunlari tashkil qilingan. Bir kun O'zbekistonga bag'ishlangan. O'sha kuni muxlislarimiz ertalabdan kechgacha maza qilgan. Fan-zonada turli ko'ngilochar tadbirlar, konkurslar, shoular, o'zbek sanat ustalarining koncertlari o'tkazilgan.

Ko'pchilik muxlislar turli konkurslarda qatnashib, har xil sovg'alar yutib olgan. Xullas, Qatarda muxlislarga qilingan sharoit va etiborni hali boshqa musobaqalarda ko'rganim yo'q. Yana bir gap, fan-zonada ovqatlanish va Osiyo chempionati suvenirlari hamyonbop narxda edi. Aksariyat bunday chet elliklar keladigan joyda narxlar boshqa joydagidan qimmatroq bo'ladi, mezbonlar ko'proq pul ishlashga harakat qiladi. Qatarda esa buning aksi bo'lgan, chet davlatlardan borgan muxlislarga arzon narxlarda xizmat ko'rsatilgan.

 


- Qatar-2011da sizni eng ko'p xursand va eng ko'p xafa qilgan o'yin?

- Albatta, eng ko'p xursand qilgan o'yin bu Qatarga qarshi musobaqaning ochilish uchrashuvi bo'lgan. Hamma mezbonlar g'alabasini bashorat qilgan, hatto o'zbekistonlik muxlislar ham bu o'yinda durang qayd etsak yaxshi natija bo'ladi deb turishgan edi. Odil Ahmedovning goli esa “Xalifa” stadionini larzaga solgan. O'yinga Qatar amiri ham kelgan va o'yindan oldin nutq so'zlab, jamoasiga omad tilagan edi. Biz guruh bosqichidan so'ng uyga qaytganmiz. Eng xafa qilgan o'yin esa uyga kelganimizdan so'ng bo'lgan. Avstraliyaga qarshi bahsni eslashni ham istamayman.


- 2019 yil BAAda o'tkazilgan Osiyo chempionatida ham ishtirok etdingiz? Qaysi musobaqa ko'proq yoqqan?

- Qatardan so'ng 2015 yil Avstraliya Osiyo Kubogiga mezbonlik qildi. Men o'sha musobaqaga ham bormoqchi bo'lgandim, lekin Avstraliya vizasi chiqmagani sabab bora olmadim. So'nggi daqiqagacha viza chiqishiga ishonib, hatto Malayziyaga borganman, lekin Avstraliyaga borish nasib qilmadi.

BAAda bo'lib o'tgan Osiyo chempionati-2019ga esa muxlis sifatida emas, jurnalist sifatida bordim.  BAAdagi musobaqa ham juda yaxshi tashkillashtirildi. Bu erda muxlislar futbol ko'rish bilan birga dunyoning eng go'zal megapolisi bo'lgan Dubay shahrini tomosha qilish imkoniga ega bo'lishdi.

Qatardagi musobaqadan farqi, BAAdagi o'yinlar turli shaharlarda bo'lib o'tgani. Abu Dabi, SHarja, Al Ayn yoki Dubaydagi o'yinlardan bittasini tanlash kerak edi. Dubaydagi o'yinni ko'rmoqchi bo'lgan muxlis boshqa shahardagi bahsdan voz kechishi lozim bo'lgan.

BAAdagi Osiyo chempionati paytida ayrim muxlislar futbolga bormay, Dubayning diqqatga sozovor joylariga ketib qolgan holatlar ham bo'lgan. Men uchun BAAdagi chempionat ham juda yaxshi o'tdi. BAAdagi turnir rahbari bo'lgan OFK halqaro musobaqalarni o'tkazish departamenti boshlig'i Avazbek Berdiqulovning sharofati bilan o'yinlarni VIP lojada tomosha qilganman  va dunyo futbolining ko'plab yulduzlari bilan uchrashish nasib qilgan.

Muxlislar uchun  Osiyo chempionatining Qatardagisi BAAdagidan ko'ra yaxshiroq o'tgan, mening fikrimcha. Qatarning eng katta yutug'i, barcha stadionlar bir shaharda joylashgani va musobaqa bitta joyda bo'lib o'tgani edi. Umuman olganda, menga har ikki turnir ham yoqqan.


- Sizningcha, Qatar jahon chempionatini qanday o'tkazadi? 

- Qatar bu yilgi jahon chempionatini o'ta yuqori saviyada o'tkazishiga zarracha shubham yo'q. Bunday deyishimga sabab, men 2016 yil Qatarda bo'lib o'tgan U-23 Osiyo chempionatiga ham borganman. Bu turnir ham juda zo'r tashkillashtirilgan edi.

 Qatarda o'tkazilgan ikkita yirik musobaqada ishtirok etgan (birida muxlis, ikkinchisida OAV xodimi) inson sifatida ishonch bilan ayta olamanki, JCH-2022 tarixdagi eng yaxshi tashkil etilgan musobaqalardan biri bo'ladi.

Qatarliklar ikkita Osiyo chempionatini o'zlarida qabul qilib, bu borada katta tajriba to'plashdi. Jahon chempionati o'tadigan stadionlar yangidan, eng zamonaviy talablar darajasida qurildi. Eng yomoni esa jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi qatnashmaydi. 


- Nima deb o'ylaysiz, O'zbekiston ham Osiyo Kubogini qabul qilishi mumkinmi? Buning uchun bizda sharoit etarlimi?

-O'zbekiston ham Osiyo chempionatlarini bemalol o'tkaza oladi. Bu borada dastlabki qadamlar tashlandi. O'tgan yil OCHLning SHarq mintaqasi guruh o'yinlari markazlashgan holda juda yaxshi saviyada tashkil etildi. Bu yil yurtimizda U-23 Osiyo chempionati ham o'tkaziladi. Mana shu turnir biz uchun maktab bo'ladi. 

Agar bu musobaqani yuqori saviyada o'tkaza olsak, OFKning bizga nisbatan ishonchi yanayam ortadi. OFK yirik turnirlar mezbonini aniqlashda barcha narsaga etibor qaratadi: transport, kommunikaciya, mehmonxonalar, stadionlar, mashg'ulot maydonlarining holati va hokazo.

Bitta aniq yutug'imiz - Osiyo chempionatida muxlislar ishtiroki borasida muammo bo'lmaydi. Agar Osiyo Kubogi bizda o'tkazilsa, barcha o'yinlar muxlislar bilan to'la stadionlarda o'tishi shubhasiz. Stadionlarimiz ham tobora chiroyli va maydonlar holati yaxshilanib bormoqda.

O'FA va PFLda musobaqalarni o'tkazish uchun mutaxassislar ancha ko'paygan va ular yildan yilga o'z tajribalarini orttirib borishyapti. Qolgan sohalarda ham yaxshi tomonga o'zgarishlar bo'lmoqda. Qolaversa, Osiyo chempionati mezbonligi uchun hozirdan harakat qilsak, bizga navbat kelguncha yana ancha ishlarni amalga oshirsak bo'ladi. Asosiysi yurtimiz tinch va osuda. Mening fikrimcha, agar navbatdagi Osiyo Kuboklaridan biri O'zbekistonga berilsa, biz ham bemalol yuqori saviyada o'tkaza olamiz.

Xayrulla Xoliqov suhbatlashdi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика