So’nggi yangiliklar

05:40Жорже Жезус: "Ғалаба қозонишимиз шарт"  2 05:00Педру Морейра: "Биз орзумизда яшамоқдамиз"  5 04:30Жонатан Лукка: "Ал Ҳилол" катта ном, аммо..."  7 02:10Рэтклифф: "Баъзи футболчиларга керагидан кўп маош тўланяпти"  5 01:27"Ал Садд" ҳам 3та гол уриб, чорак финалга йўл олди  3 01:05ОФК ЭЧЛ. "Ал Насср" йирик ғалаба билан кейинги босқичга йўл олди  25 00:14Куртуанинг 50 ёшли собиқ қиз ўртоғи: "У ўғлига етарлича эътибор бермаяпти"  9 23:56Диёр Холматов: "Дуранг режаси? Йўқ, биз фақат ғалаба учун майдонга чиқамиз"  6 22:49"Манчестер Сити" "Реал" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  4 21:54Озарбайжон. "Сумқайит" йирик ғалабага эришди, Абдихолиқов ва Жалолиддинов учрашувда иштирок этишди  0 21:29"Олтин тўп" учун асосий даъвогар ким?  20 20:48Ар-Риёдга етиб келган "Пахтакор" делегацияси "Реал" яшаган меҳмонхонага жойлашди  28 20:32Россия терма жамоаси Гренадага қарши ўртоқлик ўйини ўтказади — манба  13 20:08Левандовски "Барселона"нинг умумий гуруҳига қайтди  0 19:45U21 биринчилиги. "Шўртан"дан суперкамбэк, "Насаф" сўнгги дақиқада ғалабага эришди ва бошқа натижалар  0

Akobir To'raev: “Hindistonda himoyaviy futbolga katta etibor qaratishar ekan” Yangiliklar

Akobir To'raev: “Hindistonda himoyaviy futbolga katta etibor qaratishar ekan”

Teglar :  Akobir To'raevTrau
Buxorolik hujumchi Akobir To'raev Hindiston chempionati ishtirokchisi “Trau” klubiga ko'chib o'tgan edi.

 Bunga qadar u faoliyatini Tojikistonda davom ettirayotgandi. Xo'sh, To'raev Hindistonga qay tariqa yo'l oldi? Buni futbolchi bilan suhbatda bilib oldik. 

- Akobir, Hindistonning “Trau” klubiga qay tariqa yo'l oldingiz?

- Xabaringiz bo'lsa, men Tojikistonda “Esxata” klubida o'ynab kelayotgandim. Bu klub safida 16ta o'yinda 9ta gol urdim va 2ta golli uzatmani amalga oshirgandim. Keyinchalik jarohat olib ikki oy davomida klubga yordam bera olmadim. Orada “Trau”dan taklif kelib tushdi. To'g'risi, qaysi jamoada bo'lsa-da, o'yin amaliyotiga ega bo'lishim kerak edi. To'liq safga qaytgunimga qadar Tojikistonda chempionat nihoyasiga etardi. SHu tomonlarini hisobga olgan holda klub rahbariyati bilan kelishib, shartnomani bekor qildik. So'ngra “Trau”ga yo'l oldim. 

- Klub bilan qancha muddatga shartnoma imzoladingiz?

- SHartnoma muddati olti oyni tashkil qiladi. Jamoaga noyabrda kelib qo'shildim. Hindistonda chempionat aprel oyida yakunlanadi ekan.

- Jamoani tanlashingizga nima turtki bo'ldi?

- Yaxshi shakllangan jamoa ekan. O'tgan mavsumda I-ligada 3-o'rinni egallagan. SHaroitlari va boshqa tomonlari menga maqul keldi. 

- Sizdan tashqari, jamoada necha nafar va qaysi mamlakatdan kelgan legionerlar bor?

- Klubda 4 nafar legioner to'p tepadi. Mendan tashqari, ikkita braziliyalik va bitta nigeriyalik futbolchi bor.

- SHaroitlar qanday?

- Harqalay barcha sharoitlarni yaratib berishgan. Bundan nolimayman. 

- CHempionat saviyasi borasida nimalarni ayta olasiz?

- Hali rasmiylar o'yinlarda ko'p ishtirok etganim yo'q. CHempionat endi boshlandi. Professional jamoalar ko'p. Asosan himoyaviy futbol asosiyda to'p tepishadi. Saviyaga kelsak, yuqori ham yoki past ham deb bo'lmaydi. 

- Til borasida qiyinchilik bo'ldimi?

- Boshida qiyinchiliklar bo'ldi. Negaki, ingliz tilida yaxshi gaplasha olmayman. Lekin hozirga kelib barchasi iziga tushmoqda. Qolaversa, bu erdagi xalq O'zbekistonni juda yaxshi biladi va yaxshi munosabatda bo'lishadi. 

- Maqsadlaringiz qanday?

- Asosiy maqsadim tezroq safga qaytish hisoblanadi. “Trau”da ko'plab gollarni urgan holda avvalgi darajamga chiqishni istayman. Keyinchalik faoliyatimni kuchliroq bo'lgan chempionatda davom ettirmoqchiman.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика