Akmal Risqullaev xotira turniri start oldi
09 may 2019 16:36
Yangiliklar
SHu munosabat bilan «Bunyodkor» futbol klubi taniqli futbolchi, o'z vaqtida oliy liganing bir qator jamoalarida to'p surgan, qolaversa Qozog'istonda ham legioner sifatida faoliyat ko'rsatgan, butsasini mixga ilganidan so'ng «Bunyodkor» akademiyasida murabbiy bo'lib ishlagan marhum Akmal Risqullaevning xotirasi uchun kichik turnir o'tkazish tashabbusi bilan chiqdi. Bu tashabbusga marhumning yaqinlari, oila azolari, xususan, Akmal Risqullaevning ukasi Ahrol Risqullaev hayrixohlik bildirdi.
8ta jamoa ishtirokidagi turnir bugun start oldi. Ishtirokchilar ikki guruhga ajratilgan. 2006 yilda tug'ilgan bolalardan iborat jamoalar 13 mayga qadar davom etadigan musobaqada g'oliblik uchun kurash olib boradi. Uchrashuvlar «Bunyodkor» akademiyasining suniy va tabiiy qoplamali maydonlarida bo'lib o'tmoqda. Ertaga guruh bosqichining 2-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.
AKMAL RISQULLAEV XOTIRA TURNIRI
«A» guruhi
9 may (payshanba)
«Paxtakor» - «Yangier» - 1:3
«Spartak» - TFA – 3:1
10 may (juma)
11:00 «Paxtakor» - TFA
11:00 «Yangier» - «Spartak»
«B» guruhi
9 may (payshanba)
«Bunyodkor» - «Odil junior» - 0:1
«Lokomotiv» - BO'SM-16 – 1:4
10 may (juma)
09:30 «Bunyodkor» - BO'SM-16
09:30 «Odil junior» - «Lokomotiv»
Fikrlar